Burjlar

Assalomu alaykum! Mening bir tanishim, agar to‘y arafasi bo‘lsa, doim kelin va kuyovning tug‘ilgan yili va oyini so‘rab olib, men sizlarga bilib beraman, yoshlar bir biriga to‘g‘ri keladimi-yo‘qmi deb, qaytarsak xam shu ishlarini qo‘ymidilar. Sizlarning saytingizdigi javoblarni ko‘rsatsak, ularning fikriga qo‘shilmiman ular xam odam, xato qiladi deb aytadilar, vaxolanki haj, umra qilganlar, ibodatdalar! Xar tekshirganlarida doim to‘g‘ri chiqar emish, Astag‘firilloh. Bizlarga nima maslaxat berasizlar, ularga boshqa gapirmaylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom!  Bu bizni gapimiz emas, dinimiz hukmi. عَنْ زَيْدِ بْنِ خَالِدٍ الْجُهَنِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ: صَلَّى لَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَاةَ الصُّبْحِ بِالْحُدَيْبِيَةِ عَلَى إِثْرِ سَمَاءٍ كَانَتْ مِنَ اللَّيْلِ، فَلَمَّا انْصَرَفَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ   أَقْبَلَ عَلَى النَّاسِ فَقَالَ: هَلْ تَدْرُونَ مَاذَا قَالَ رَبُّكُمْ؟ قَالُوا: اللهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ، قَالَ قَالَ: أَصْبَحَ مِنْ عِبَادِي مُؤْمِنٌ بِي وَكَافِرٌ، فَأَمَّا مَنْ قَالَ: مُطِرْنَا بِفَضْلِ اللهِ وَرَحْمَتِهِ، فَذَلِكَ مُؤْمِنٌ بِي وَكَافِرٌ بِالْكَوْكَبِ، وَأَمَّا مَنْ قَالَ: بِنَوْءِ كَذَا وَكَذَا، فَذَلِكَ كَافِرٌ بِي وَمُؤْمِنٌ بِالْكَوْكَبِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.
وَلِمُسْلِمٍ: أَلَمْ تَرَوْا إِلَى مَا قَالَ رَبُّكُمْ؟ قَالَ: مَا أَنْعَمْتُ عَلَى عِبَادِي مِنْ نِعْمَةٍ إِلَّا أَصْبَحَ فَرِيقٌ مِنْهُمْ بِهَا كَافِرِينَ يَقُولُونَ: الْكَوَاكِبُ وَبِالْكَوَاكِبِ
 Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Hudaybiyada kechasi yoqqan yomg‘irdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga Bomdod namozini o‘qib berdilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozdan chiqqanlaridan keyin odamlarga yuzlandilar va:
«Robbingiz nima deganini bilasizmi?» dedilar.
«Alloh va Uning Rasuli bilguvchidir», deyishdi.
«Mening bandalarimdan 
(ba’zisi) Menga mo‘min bo‘lib, (ba’zisi) kofir bo‘lib, tong ottirdi. Kim «Allohning fazli va rahmati ila yomg‘irga erishdik», desa, Menga mo‘min, yulduzga kofirdir. Ammo kim «Falon, piston yulduz ila», desa, bas, u Menga kofir, yulduzga mo‘mindir», dedi», dedilar».
Ikki Shayx rivoyat qilganlar.
Muslimning rivoyatida:
«Robbingiz nima deganiga qaramaysizmi? (U Zot:) «Bandalarimga qaysi bir ne’matni bersam, albatta, ulardan ba’zilari u (ne’mat)ga kofir bo‘lurlar. «Yulduzlar va yulduzlar tufayli», derlar», dedi», dedilar».
Sharh:
Demak, mo‘min-musulmon odam «Yomg‘ir Allohning fazli va rahmati ila yog‘di», deb aytishi va e’tiqod qilishi lozim.
Yomg‘ir falon yulduz tufayli, bunday sababdan yog‘di, deyish esa kufrga sabab bo‘ladi. Bu iymonga taalluqli masala ekanligini hech kim hech qachon unutmasligi kerak. Zotan, dunyodagi har bir narsa Alloh taoloning ilmi, xohish-irodasi va tadbiri ila sodir bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:30 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar