Bu so‘zda shirkga aloqador so‘z bormi

Assalomu alaykum! Xayot yaxshi ko‘rgan narsalarimizning hammasini ham beravermaydi. Lekin qanoat hayotdagi hamma narsani beradi degan so‘zda shirk bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslini olib qarasa shirkka dalolat qiladi, lekin biror bir musulmon bu narsalarni haqiqatda hayot beradi deb e’tiqod qilmaydi. Qalbida Alloh beradi degan aqiydasi bor. Buni majoz deyiladi, birdaniga kufrga hukm qilinmaydi. Allohga ishonmaganlar haqiqatan beruvchi zot tabiat deb bilishadi. Bu kufr bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 16:09 | Savol-javoblar | 170 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar