Sajdagi duolar, injil, sport, suvenirlar

Hurmatli shayx hazratlari. Allohim islom dininga qiliyotgan hizmatlaringizdan rozi bulsin.sizga bir ne’ta savollarim bor.1. islom.uz saytida bir maqolani o‘quvdim, sajdadagi duolar haqida. Suramoqchi bo‘lgan narsam shu:sajdada(namozdan tashqarida, masalan shukr sajdasi qilganda) kalimai shahodat wa iymon kalimasi aytish mumkinmi? yoki faqat duolar bulishi kerakmi?2. Bir birodarim uyida ko‘zmun’ok osilib turganini ko‘rdim, bilishim bo‘yi’a bu shirk amali, man shu narsaniaytishim kerakmi?(aytmasligim sababi, boshqa masalalarda bir ikki narsa aytuvdim, do‘q qilib, hafa bo‘lib gapirdi)3. O‘zi butchalar shaklida suvenirlarni o‘ta yomon kuraman, ammo bu kabi narsalarni esdalik sifatida uyda saqlash joizmi?4. Bir birodarim iyida Injil bor, u bu Injil uyda saqlas mutlaqo mumkin emasligini ham mana alhamdulillah bildi, endi bu kitopni nima qilsin (birovga bersinmi, suvga oqizib yuborsinmi)?5. Sport bilan sugulanishda, masalan(judo,karate va hk) bir biriga egilish bor, japonlarda bu bir birini hurmat wa olqishlar manosini anglatadi, musulmonlar ham bu ishni qilsa joizmi?Allohim iymonimizni mustahkam qilsin wa O‘zini sevgan bandalar qatoriga qushsin. Amiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Duolar bo‘lishi yaxshi.2. Odob bilan tushuntirish kerak.3. Yuzaga qo‘ymasdan.4. Injil ahli bo‘lgan, asli xristian odamga bersa bo‘ladi. 5. Boshqalarga o‘xshamay o‘zimizning hurmat va olqishlarni qilsa bo‘lmaydimi?

27 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 162 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar