Vaqtinchalik nikox(mut’a)
Assalomu alaykum! Bizning axli sunna val jamoada shariatimizda vaqtinchalik nikox ya’ni muta nikox mavjudmi? Agarda er safarda bo‘lsayu oldida xotini bo‘lmasa boshqa bir ayolga vaqtinchalik nikox qilib va ayol roziligi uchun maxrini berib qo‘shilsa bo‘ladimi? “Niso” surasining 24-oyati shu vaqtinchalik nikox xaqidami? Shu xakta ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ahli sunna val jamoa mazhabida bu ish harom hisoblanadi. "Niso" surasining 24-oyatida umumiy, doimiy nikoh nazarda tutilgan, vaqtinchalik emas.عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى عَنِ الْمُتْعَةِ وَعَنْ لُحُومِ الْحُمُرِ الْأَهْلِيَّةِ يَوْمَ خَيْبَرَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Xaybar kuni mut’adan va xonaki eshaklarning go‘shtidan nahiy qildilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu rivoyatda ma’lum bir muddat o‘tganidan keyin, sharoit etilganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mut’a nikohi harom bo‘lganini e’lon qilganliklari haqida so‘z ketmoqda. Ana shu e’lon Xaybar urushi kuni bo‘lgan ekan.عَنْ سَبْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَائِماً بَيْنَ الرُّكْنِ وَالْبَابِ وَهُوَ يَقُولُ: أَيُّهَا النَّاسُ، إِنِّي قَدْ كُنْتُ أَذِنْتُ لَكُمْ فِي الْاِسْتِمْتَاعِ مِنَ النِّسَاءِ، وَإِنَّ اللهَ قَدْ حَرَّمَ ذَلِكَ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ، فَمَنْ كَانَ عِنْدَهُ مِنْهُنَّ شَيْءٌ فَلْيُخَلِّ سَبِيلَهُ وَلَا تَأْخُذُوا مِمَّا آتَيْتُمُوهُنَّ شَيْئًا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُSabra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rukn bilan eshik orasida tik turib:
«Ey odamlar! Men sizlarga ayollarning mut’asiga izn bergan edim. Endi, albatta, Alloh u narsani qiyomat kunigacha harom qildi. Kimning huzurida o‘shandoq(ayol)lardan bo‘lsa, yo‘lini ochib qo‘ysin. Ularga bergan narsalaringizdan biror narsa olmanglar», deyayotganlarini ko‘rdim».
Muslim, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.
Sharh: Ushbu rivoyatda zikr qilinayotgan hodisa Vidolashuv hajida sodir bo‘lgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ka’bai muazzamaning eshigi bilan Hajarul asvad burchagi orasida turib olib, kishilarga mut’a nikohi abadiylikka, qiyomat kunigacha harom qilinganligini e’lon qilganlar.
Shu kundan boshlab, mut’a nikohi to‘la va qat’iy ravishda harom bo‘lgan. O‘sha kunda kimning huzurida mut’a nikohi ila kelgan xotin bo‘lsa, bergan mahridan hech narsani qaytarib olmay, unga javob berib yuborish lozim bo‘lgan.
Ushbu masalada kelgan rivoyatlarni jamlab, o‘rganadigan bo‘lsak, asta-sekin, darajama-daraja ish tutilib, kishilarni tuturiqsiz jinsiy hayotdan halol-pok nikohli hayotga olib chiqilganini ko‘ramiz.
Birinchi bosqichda mut’a nikohi joriy qilinib, ish bir oz tartibga solingan.
Ikkinchi bosqichda faqat zarur, noiloj paytlardagina ruxsat berilib, bu doira toraytirilgan.
Uchinchi bosqichda esa, sharoitlar yaxshilanib, hamma narsa joyiga tushib, tushuntirish ishlari ham oxiriga etganidan keyin mut’a nikohi butunlay harom qilingan.
Chunki bunday nikoh faqat shahvat qondirish ko‘zlangan vaqtinchalik aloqadir. Bu esa nikohdan ko‘zlangan asosiy oliy insoniy g‘oyalarga to‘g‘ri kelmaydi.
Jumhur musulmonlar ushbu hukmni mahkam tutganlar. Faqat shi’a mazhabiga mansub kishilargina «Mut’a nikoh joiz», deydilar. Ularning bu gaplari botil ekanligini ulamolarimiz kuchli dalil-hujjatlar bilan isbotlaganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 16:29 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush