Choshgoh namozidan savol

Assalomu alaykum Xazrat. Sizga savolim bor edi, savolimda hato va kamchiliklar o‘tsa avvaldan sizdan uzr so‘rayman.Savolim: Xazrat gohida Choshgoh namozini o‘qiyolmayman masalan uyga mehmon kelib qolsa, mehmon bilan ovora bo‘lib soatga qarasa soat 12 bo‘lgan bo‘ladi, choshgoh vaqti chiqib ketgan bo‘ladi shunday vaziyatlarda choshgohni qazosini shu kuni o‘qib olamanmi. Agar o‘qisam qaysi vaqtda o‘qiyman. Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qiyom vaqtigacha o‘qib olsa bo‘ladi.

4 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 144 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar