Qiblada odam tushurilgan surat bo‘lsa

Assalomu alaykum! Men malyar ustaman savolim shundayki bir to‘yxonada namozxona qilib berdim, Madinadagi masjid surati chiqarilgan edi, fotoaboy bo‘lib odam suratlari yo‘q edi. Endiga kelib bilinar bilinmas odam suratlari ko‘rinib qoldi. Bir qarashda bilinmidi, qibla tamonda. Endi nima qilsa bo‘ladi, men o‘zim xolis qilib beryatuvdim. Endi uyga qaytyabman namoz o‘qiganlara ziyon etmidimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuzi ko‘rinmasa, bilinmaydigan darajada bo‘lsa, zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 179 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar