Muhammad ismli insonlar jannatga kirishi

Assalomu alaykum! Internetda bir domlaning ma’ruzalarini eshitdim. Unda bir hadis keltiriladi: "Kim farzandli bo‘lsa, o‘g‘lonlik bo‘lsa, meni ismimni meni yaxshi ko‘rib farzandiga Muhammad deb ism qo‘ysa, Qiyomatda o‘sha Muxammadni ham, ism qo‘ygan zotlarni ham Alloh jannatiga kirg‘izadi". 1) Ushbu hadis sahihmi? 2) Bir tanishim "Jannatga 1-bo‘lib payg‘ambarimiz kiradilar, chaqirilganlarida Muhammad dib chaqiriladi, o‘shanda qolgan Muhammadlar ham labbay dib ergashadi" dedi, shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu hadis zaif hadis.2). Jannatga Rasululloh sollalohu alayhi vasallam  birinchi bo‘lib kirishlari hadislarda bor. Lekin sizning tanishingiz aytgan xabar zaif hisoblanadi. Shariatimizda amallarga qaraladi. Agar najot topishiga arzigulik amali bo‘lsa, umid qilinadi. Bu borada Rasululloh sollalohu alayhi vasallam  hadisi sharifda shunday deganlar:أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَامَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ أَنْزَلَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ وَأَنْذِرْ عَشِيرَتَكَ الْأَقْرَبِينَ قَالَ: «يَا مَعْشَرَ قُرَيْشٍ - أَوْ كَلِمَةً نَحْوَهَا - اشْتَرُوا أَنْفُسَكُمْ، لَا أُغْنِي عَنْكُمْ مِنَ اللهِ شَيْئًا، يَا بَنِي عَبْدِ مَنَافٍ، لَا أُغْنِي عَنْكُمْ مِنَ اللهِ شَيْئًا، يَا عَبَّاسُ بْنَ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ، لَا أُغْنِي عَنْكَ مِنَ اللهِ شَيْئًا، وَيَا صَفِيَّةُ عَمَّةَ رَسُولِ اللهِ، لَا أُغْنِي عَنْكِ مِنَ اللهِ شَيْئًا، وَيَا فَاطِمَةُ بِنْتَ مُحَمَّدٍ، سَلِينِي مَا شِئْتِ مِنْ مَالِي لَا أُغْنِي عَنْكِ مِنَ اللهِ شَيْئًا». تَابَعَهُ أَصْبَغُ عَنِ ابْنِ وَهْبٍ، عَنْ يُونُسَ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Alloh azza va jalla «Va yaqin qarindosh-urug‘laringni ogohlantir» oyatini nozil qilganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib: «Ey Quraysh jamoasi! – yoki shunga o‘xshash so‘z aytganlar – O‘z jonlaringizni sotib oling. Men Allohdan keladigan hech bir narsani (azobni) sizdan qaytara olmayman. Ey Banu Abdumanof! Men Allohdan keladigan hech bir narsani (azobni) sizdan qaytara olmayman! Ey Abbos ibn Abdulmuttalib! Men Allohdan keladigan hech bir narsani (azobni) sendan qaytara olmayman! Ey Allohning Rasulining ammasi Safiyya! Men Allohdan keladigan hech bir narsani (azobni) sendan qaytara olmayman! Ey Muhammadning qizi Fotima! Molimdan xohlaganingni so‘ra! Biroq men Allohdan keladigan hech bir narsani (azobni) sendan qaytara olmayman!» dedilar». (“Sahih Buxoriy” kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 161 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar