It boqish
Assalomu alaykum! Ustoz meni bir odatim bor ko‘cha-ko‘yda tashlab ketilgan it, mushuk bolalarini (katta daydi itlar bilan ishim yo‘q) ko‘rib qolsam jim ketolmayman. Iloji bo‘lsa uyga olib kelib biroz boqib egasi chiqqach tarqatib yuboraman. O‘zim it boqmayman chunki itlar haqidagi hadisdan xabarim bor. Ko‘p hollarda ko‘chada yotgan it bolalarini uchrataman lekin uyga olib kelolmayman, ota-onam bu ishimni yoqtirmaydilar. Shunda it bolalari ko‘chada qolib ketib o‘lib qolsa, ko‘ra turib yordam bermaganim uchun men gunohkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaysiz. Siz ularni olib ketishga mas’ul emassiz. Lekin och qolgan yoki suvsagan bo‘lsa, eydigan narsa va suv berib qo‘ysangiz savob olasiz. Hadisi sharifda bu haqida shunday deyilgan: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَيْنَا رَجُلٌ بِطَرِيقٍ اشْتَدَّ عَلَيْهِ الْعَطَشُ فَوَجَدَ بِئْرًا فَنَزَلَ فَشَرِبَ ثُمَّ خَرَجَ فَإِذَا كَلْبٌ يَلْهَثُ يَأْكُلُ الثَّرَى مِنَ الْعَطَشِ فَقَالَ الرَّجُلُ: لَقَدْ بَلَغَ هَذَا الْكَلْبَ مِنَ الْعَطَشِ مِثْلُ الَّذِي كَانَ بَلَغَ مِنِّي فَنَزَلَ الْبِئْرَ فَمَلأَ خُفَّهُ مَاءً فَسَقَى الْكَلْبَ فَشَكَرَ اللهُ لَهُ فَغَفَرَ لَهُ قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ وَإِنَّ لَنَا فِي الْبَهَائِمِ لأَجْرًا فَقَالَ: فِي كُلِّ ذَاتِ كَبِدٍ رَطْبَةٍ أَجْرٌ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bir odam yo‘lda boraturib qattiq chanqadi. Bir quduq topib, tushib suv ichdi. So‘ngra chiqib qarasa, bir it chanqoqdan tili osilib, tuproq emoqda. Haligi odam bu it ham menga o‘xshab chanqabdi, dedi-da, quduqqa tushib maxsisiga suv to‘ldirib chiqib, itga tutdi. Bas, Alloh uni taqdirladi va mag‘firat qildi», dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, bizga hayvonlarda ham ajr bormi?» deyishdi.
«Har bir ho‘l jigari bor narsada ajr bordir!» dedilar».
Ikki Shayx rivoyat qilishgan.
Sharh: Islomda har bir jonzotga yaxshilik qilgan inson ajru savob olishi qayta-qayta ta’kidlangan. It uncha marg‘ub hayvonlardan emas. Lekin suvsiz qolgan itga suv tutgan kishini Alloh taolo taqdirlashi, uning gunohlarini kechirishi katta ma’noni anglatadi.
Hozirgi ba’zibir odamlar kabi avvalo hayvonlarni shafqatsiz ravishda qirib bo‘lib, keyin ularga mehr ko‘rsatish jamiyatlari tuzishga o‘tishlaridan o‘n to‘rt asr ilgari Islomda hayvonlarga qandoq mehr ko‘rsatish namunalari voqelikda bo‘lganini ko‘rib turibmiz. Har qanday hayvonga mehr ko‘rsatish musulmon odamning burchidir. O‘ziga vaqtincha sog‘ib ichib turish uchun berilgan hayvonni ardoqlash lozim. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar