Tungi smenadagi uyqu

Assalomu alaykum! Men tungi vaqtlarda (ko‘pincha 19.00 dan ertalab 07.00 gacha) ishlayman. Men ishim “sonsierge”lik ya’ni turar-joy majmuasi yoki kichik mehmonxonaning qarovchisi, vazifam mehmonlarga ekskursiyalar uyushtirish, teatr va restoranlarga buyurtma berish va hokazo. Tungi qabulhonachi desaham bo‘ladi. Savolim shuki, biz tungi smenada 2 kishi ishlaymiz har birimizga bir soatdan tanaffus olish imkoni berilgan. Ammo soat ertalab 2-3dan keyin hamma biz xizmat ko‘rsatishim kerak bo‘lgan odamlar tabiyki uxlaydi, biz shunda hech narsa qilmay shunchaki o‘tiramiz. Shu paytda sherigim bilan kelishib u 2 soat tanaffus oladi keyin esa men 2 soat olaman. Biz soatiga to‘lanamiz. Men oshiqcha olgan 1 soat tanafusim uchun olgan pulim halolmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshliqdan so‘rang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar