Nikoxdan faqat bir taraf xabardor bo‘lsa
Assalomu alaykum! Qiz bilan yigit unashtirilgandan keyin gunox qilmaslik uchun nikoxdan o‘tib qo‘yish kerakligini bilamiz. Lekin shu borada turli xil savollar berilgan ekan va o‘zimga javob ololmadim. Savolim shundan iborat: unashtirilgandan keyin nikoxni bo‘lajak erining oilasi bilan maslaxatlashib qilsak bo‘ladimi? To‘y kuni yana nikoxdan o‘tishga bo‘lar ekan, gunoxdan saqlanish uchun shunday qilsak bo‘ladimi? Bo‘lajak eri, erining oilasi va qizning o‘zi bilsa kifoya qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki tomonning ham ota-onalari bilishi va rozi bo‘lishi kerak. Aks holda bu kabi ishlar yashirin holda qilinganda katta janjallarga sabab bo‘lmoqda. Unashtirilgandan keyin to‘yni cho‘zmay tezroq o‘tkazish ham yaxshi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 17:34 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush