Programmadagi holat

Assalomu alaykum! Biz dasturchi bo‘lib ishlaymiz. Xozirgi qilayotgan dasturimizda, foydalanuvchilar oylik a’zo bo‘lishni sotib olishadi, ya’ni programmani ishlatish uchun masalan bir oyga 50$ to‘lashadi. Buni nazoratini avtomatlashgan holatda hisoblanadi, ma’lumki bir oyda 30 kun yoki 31 bor, har doim har hil. Shuning uchun hisob kitob osonroq bo‘lishi uchun bir oyni 30 kun deb olib ketsak, haridorlarni haqqini egan bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday bo‘lsa bir oy demasdan 30 kun deb yozib qo‘yinglar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:34 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar