Wi-fi o‘rnatib bersak aybdormizmi

Assalomu alaykum! Men Telekomda ishlayman zamon rivojlanishi uchun tashkilotlarga, axolilarga Wi-fi tarmog‘i tushirib beramiz. Menga kerak bo‘lgan savolim shuki ijtimoiy tarmoqlarda xar xil bexayo narsalar ko‘rishsa yoki tarqatishsa biz xam sherik bo‘lib qolmaymizmi oxiratda? Maqsadimiz yaxshi niyatda tushirib beramiz og‘irini engil qilish uchun. Biz sababchi bo‘lib qolmaymizmi bexayo narsalar ko‘rishsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tushirib bergan narsani aksari foydali narsalarga ishlatiladi. Fosiq odam yaxshi narsalar qolib faxsh narsalarni ko‘rsa siz mas’ul bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:45 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar