Xaqqimni qanaqa ko‘rinishda olay?

Assalomu alaykum! 200.000 mingcha pulim bor edi o‘sha pulimga menga yaqin insonim magazindan 2 kg go‘sh olib kelishimni iltimos qildilar va oylik olganda qaytarib beramiz deb qarzga olishdi u pulni mendan. Men do‘konga chiqib 2kg deganimda u miqdordan sal oshdi ya’ni 170 minglik go‘sht(taxminan 2kg go‘shtni puli bo‘lsa) 180 minga aylandi. Men endi 2kg go‘shni pulini olishim kerakmi yoki 180 mingni olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nimani qancha miqdorda qarzga bergan bo‘lsangiz, o‘shani o‘shancha miqdorda qaytarib olasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar