Insonning ixtiyori

Assalomu alaykum! Odam farzandlarning solix bo‘lishida go‘zal tarbiya, xalol luqma juda muxim ekan. Bazi insonlar bor, folbinlik, sexr jodu qilish yo‘li orqali pul topadi. O‘sha topilgan pul bilan farzandlarini boqadi. Shunday sharoitda katta bo‘lgan farzandlar kelajakda xidoyat topib solix inson bo‘lishi mumkinmi? Xarom luqma, kufr muxitning salbiy tasiri bo‘ladimi? Bu sharoitda insonning ixtieri qay darajada? Yoki nima bo‘lishidan qat’iy nazar xamma ixtiyor insonning o‘zida bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lishi mumkin. Ro‘za tutsa harom luqma eriydi, tavba qilsa Alloh tavbasini qabul qiladi. Solihlarga ergashsa ularni safida bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 156 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar