Qozonga qo‘ldan suv tomsa harom bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Buvim (Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin) doim ovqat qilayotganingda sergak bo‘l, hech narsaga chalg‘ima derdilar. Ovqatga qo‘lingdan suv tushmasin deb urushardilar. Agar sen ixlos bilan taom tayyorlasang seni taoming shifo, befarq tayyorlasang egan odamga zahar bo‘ladi derdilar. Pala-partish pishirilgan taom uy egalarini esar, xotirasini past, kasalmand qiladi deya uqtirardilar. Agar turmush o‘rtog‘im va qaynotam halol topganiga taom tayyorlasamu, bilmay qo‘limdan suv tomizib yuborsam bu taom harom va ziyonli bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom bo‘lmaydi. Chunki iste’mol qilingan suvning hukmi haqida ulamolar “O‘zi pok, ya’ni najosat emas, ammo namozga tahorat uchun ishlatilsa poklamaydi” deb hukm chiqarishgan. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 09:30 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar