Bozorda aldab mol sotishsa
Assalomu alaykum! Bugun men mol bozorga kurbonlik uchun mol olish maqsadida mol bozorga bordim. Dallol va mol sotuvchiga qurbonlik uchun mol kerak 2 yoshga to‘lgan bo‘lsin dedim. Mol sotuvchi bitta molni 2 yoshga to‘lgan deb menga sotdi. Ko‘chaga chiqib boshqa odamga ko‘rsatsam molni xali tishi chiqmagan qaytarib berdim. Agar bilmasdan so‘yib yuborganimda nima bo‘lar edi? Keyin molfurushlarga xam nasixat qilib qo‘ying ko‘pchilik sizlarni kuzatib boradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar so‘yib qo‘yilganida qurbonlik ado bo‘lmay, ikki yoshga to‘lganini sotib olib qaytadan so‘yishingiz vojib bo‘lar edi. Ikki yoshga to‘lmagani oddiy go‘sht uchun so‘yilgan bo‘lar edi. Yolg‘on har qanday holatda ham harom. Xususan shunday musulmonning ibodatiga bog‘liq holatda juda ehtiyot bo‘lishi kerak. Chunki bu holatda yolg‘onning ham gunohi, qurbonlikning nuqsonining gunohi ham sotgan kishiga bo‘lib qoladi va oxiratdagi javobi ham og‘ir bo‘ladi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom