Dayus ota bilan kelinni bir uyda yashashi

Assalomu alaykum! Bu savolni birovni nomidan berayapman: "Agar otam dayus bulsa, maxram nomaxramni farkiga bormasa. Buvimni, onamni, yangalarimni, opa singillarimni rashk kilmasa. Onam kup marta aytsalar xam ta’sir kilmagan bulsa. Uyimiz nomaxramdan tusilmagan proektda kurilgan va otamni aka-ukalari, jiyanlari va ba’zida juralari kelib uyimizda bemalol kirib yurishadigan bulsa. Meni yakinda uylantirishmokchi uylanganimdan keyin ayolim bilan shariatga muvofik yashamokchi edim. Ammo otam shariatga umuman amal kilmasalar. Xatto kelinlarini uyiga ruxsatsiz xam kirib ketaversalar men ayolimni olib yashash uchun boshka uyga kuchib ketsam buladimi? Va ota onamni axvollaridan doim xabar olib yursam otamga (onam bunga rozilar) ok bulib kolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizga go‘zal munosabatda bo‘ling, ularga chiroyli yo‘l bilan shariat ko‘rsatmalarini bildiring. Juftingiz bilan shariatga muvofiq yashashga intilganingiz kabi oilangizda ham shunday muhit yaratish harakatida bo‘ling. Boshqa uyga ko‘chib chiqsangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:55 | Savol-javoblar | 207 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar