Hammaga taalluqlimi?

Assalomu alaykum! Hasan Basriy rahmatullohi alayh “Men biror kishini hojatini chiqarsam men uchun yil bo‘yi e’tikof o‘tirishdan yaxshidir” degan ekanlar. Biz ajamlar ham biror kishi hojatini chiqarsak yil bo‘yi e’tikof o‘tirishni savobini umid qilsak bo‘ladimi?
2). Man qurbonlik qilsam necha qismini tarqataman?
3). Joxil deb kimlarni aytadi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu millatga qarab bo‘ladigan ish emas. Umumiydir 2). Uchdan birini tarqatish mustahab. Qurbonlik qiluvchi undan o‘zi eydi va kimga xohlasa, egizadi yoki hiba qiladi. Uning uchdan birini sadaqa qilish mandubdir. Bu hukm quyidagi hadisi sharifdan olingan: عَنْ سَلَمَةَ بْنِ الْأَكْوَعِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ مَنْ ضَحَّى مِنْكُمْ، فَلَا يُصْبِحَنَّ بَعْدَ ثَالِثَةٍ، وَبَقِيَ فِي بَيْتِهِ مِنْهُ شَيْءٌ، فَلَمَّا كَانَ الْعَامُ الْمُقْبِلُ، قَالُوا يَا رَسُولَ اللهِ، نَفْعَلُ كَمَا فَعَلْنَا عَامَ الْمَاضِي، قَالَ كُلُوا وَأَطْعِمُوا وَادَّخِرُوا، فَإِنَّ ذَلِكَ الْعَامَ كَانَ بِالنَّاسِ جَهْدٌ، فَأَرَدْتُ أَنْ تُعِينُوا فِيهَارَوَاهُ الْخَمْسَةُ Salama ibn Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim qurbonlik qilsa, uchinchi kundan keyin uyida undan biror narsa bo‘lgan holida tong ottirmasin», dedilar. Kelasi yili: «Ey Allohning Rasuli, o‘tgan yili qilganimizdek qilaylikmi?» deyildi. Ul zot: «Englar, taomlantiringlar, saqlab qo‘yinglar! U yili odamlar qiyinchilikda edilar. Ularga yordam berishingizni xohlagan edim», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Ushbu hadisi sharifga binoan, ulamolarimiz: «Oddiy holatlarda qurbonlikning go‘shtini uchga bo‘lib, bir qismini egani, ikkinchi qismini kambag‘allarga bergani, uchinchi qismini saqlab qo‘ygani yaxshi», deydilar. Muhtojlar ko‘payganda esa ularning rioyasini qilish zarurdir. Bola-chaqali kishi, ularga kengchilik bo‘lishi uchun sadaqa qilishni tark qilishi mandubdir. Bu hukmlarning hammasi vojib va sunnat qurbonliklarga xosdir. Ammo nazr qilingan bo‘lsa, egasining o‘zi eyishi ham, boylarga edirishi ham joiz emas. ("Kifoya" kitobidan). 3). Ma’lumoti yo‘q, bilimsiz degani. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 19:02 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar