Bir xadis xakida

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYMOlamlarning Robbisi Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin.Sayyidi koinot Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salovotu salomlar bo‘lsin.Sahobai kiromlarga Alloh taoloning roziligi bo‘lsin.Islom ulamolariga va mashoyixlariga Alloh taoloning rahmati bo‘lsin.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.Xurmatli va sevikli Ustoz, "Xadis va xayot" nomli kitobingizning 3-juzida kuyidagi xadisni keltirib utgansiz:Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi:"Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam: "Allox taboraka va taolo: "Men sherikka eng bexojat zotman. Kim bir amal kilsa-yu, unda Men bilan Mendan boshkani sherik etsa, uni xam, sherigini xam tark eturman" dedi, dedilar".Muslim rivoyat kilgan.Ushbu xadisni va unga yozgan sharxingizni birodarlarimga ukib berdim. Ammo ularning ayrimlari e’tiroz bildirishib: "Insonga uning kalbini shod etish yoki uni rozi kilish uchun yaxshilik kilsa xam savob buladi-ku. Bulmasa bu xolat xam shirk xisobalanadimi?" deyishdi. Men: "Xar kanday yaxshilik xam, savob ish xam fakatgina Allox taoloning roziligi uchun kilinsagina kabul buladi" dedim. Xurmatli Ustoz, ushbu masalaga oydinlik kiritib bersangiz. Birodarlarimiz aytgan xolat shirkka kiradimi?Allox subxanaxu va taolo Sizdan rozi bulsin. Amiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu mutlaqo noto‘g‘ri tushuncha. Bunday bo‘ladigan bo‘lsa, savob uchun birovga hech narsa qilib bo‘lmay qoladi. Bir nochor kishini xursand qilish uchun savob ish qilsa, shirk bo‘ladi qabilidagi gapdir bu. Mo‘min musulmon shariatdagi har bir amalni qilsa, niyati to‘g‘ri bo‘lsa, bo‘ldi. Ota onaning ruhini shod qilish uchun biror amal qilish shirk bo‘ladi degan gap hech qaerda yo‘q. O‘sha savobni Alloh beradi. Shuning uchun, musulmon banda har bir amalda avvalo Alloh taoloning roziligini ko‘zlaydi.

27 Aprel 2022, 07:39 | Savol-javoblar | 147 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar