Jamoatni tark etish haqidagi hadis sahihmi?

Assalomu alaykum! Hadisda Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Kim jamoatni tark etsa o‘rnimga imomlikka kishi qo‘yib, borib uyiga o‘t qo‘yardim” degan ekanlar. Sahihmi yoki zaif?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sahih. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ آمُرَ بِحَطَبٍ فَيُحْطَبَ، ثُمَّ آمُرَ بِالصَّلَاةِ فَيُؤَذَّنَ لَهَا، ثُمَّ آمُرَ رَجُلًا فَيَؤُمَّ النَّاسَ، ثُمَّ أُخَالِفَ إِلَى رِجَالٍ فَأُحَرِّقَ عَلَيْهِمْ بُيُوتَهُمْ، وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ يَعْلَمُ أَحَدُهُمْ أَنَّهُ يَجِدُ عَرْقًا سَمِينًا أَوْ مِرْمَاتَيْنِ حَسَنَتَيْنِ لَشَهِدَ الْعِشَاءَ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, o‘tin terib kelishga buyursam-u, terib kelishsa, so‘ng namozga buyursam-u, unga azon aytilsa, so‘ng bir kishiga buyursam-u, u odamlarga imom bo‘lsa, keyin (namozga kelmagan) odamlarning uylariga borib, ustilaridan o‘t qo‘yib yuborsam, deyman. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ulardan birortasi sergo‘sht suyak yoki qo‘yning bo‘liq poychasini topishini bilganida edi, xuftonga albatta etib kelgan bo‘lardi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:12 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar