Qosh termaganlar

Assalomu alaykum! Men 5 yil avval to‘yimdan oldin qoshimni terganman. Gunohligini bilardim, lekin nafs ustunlik qilgan. Endi ro‘molga kirish arafasidaman inshaallah. Qosh terganimdan afsusdaman, endi termayapman. Lekin qoshimni tolasi juda uzun va qalin bo‘lgani uchun noqulay bo‘lyapti. Turmush o‘rtog‘imgayam yoqmayapti. Lekin men termoqchi emasman boshqa, tavba qildim. Endi shu qoshimni pastidan chiqqan joylarini yashirish yoki bilintirmaslik uchun oq ten, yaltirog‘i yo‘q shunchaki oq ten bor,shuni qo‘yib oz bo‘lsa ham noqulaylikni bartaraf qilib yursam bo‘ladimi? Tahorat o‘tadi, bir marta yuvganda chiqib ketadi u ten?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuni ham ishlatmang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 162 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar