Rukudan qiyomga turgandagi zikr
Assalomu alaykum! Bir kuni sahobalardan birlari Nabiy sollallohu alayhi vasallamning orqalarida namoz o‘qiyotgan edi. Ruku’dan boshini ko‘targanda “Robbana lakal hamd hamdan kasiyron toyyiban mubarokan fiyh” dedi. Bunday hamd aytishni Payg‘ambar alayhissalom o‘rgatmagan edilar. Buni o‘sha sahobaning o‘zlari aytgan edilar. Lekin mazkur sahoba bu hamd shariatga muvofiq kelishini bilganlari uchun aytgan edilar. Namoz o‘qib bo‘lingach, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam “(Ruku’da) gapirgan kim?” dedilar. Boyagi sahoba “Men, ey Rasululloh” dedilar. Nabiy alayhissalom u kishining qilgan ishlarini inkor qilmadilar. “Nega men qilmagan narsani o‘zingcha qilding?! Agar o‘sha ish xayrli bo‘lganda, sendan avval o‘zim qilgan bo‘lardim” demadilar. Balki u sahobaning qilgan ishini tasdiqladilar va unga: - “Men o‘ttizdan ortiq farishtalar o‘shani qaysi birlari avval yozib olish uchun shoshayotganlarini ko‘rdim” - dedilar. Ya’ni sen aytgan kalimalarni birinchi bo‘lib yozish maqsadida farishtalar musobaqa qilayotganlarini, yozish uchun shoshayotganlarini ko‘rdim, dedilar. Bizham rukudan qiyomga turganda Robbana lakal hamd hamdan kasiyron toyyiban mubarokan fiyh deb aytsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 10:17 | Savol-javoblar | 217 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 10:17 | Savol-javoblar | 217 | Namoz