Avvom xalq qanday biladi
Assalomu alaykum! Bilamiz hozirda dinimiz har hil firqalarga (bu narsaga fiqhga ham bog‘liq) bo‘linib ketgan bu haqida hadis ham bor. Qaysi jamoatga qarasangiz o‘zini haqligini isbotiga Qur’on va hadisdan dalil olib keladi. Biz ularni noto‘g‘ri ta’vilda ayblaymiz. Hamma o‘zi e’tiqod qilayotganini to‘g‘ri deydi. Avvom xalq qanday biladi o‘zini haq jamoatda ekanini yoki qanday tanlaydi haqni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalaridan beri ustoz-shogird bo‘lib kelayotgan katta jamoani tanlash kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida “Meni ummatim zalolatga jamlanmaydilar” deganlar. To‘rt mazhab sohiblarining aqiyda va fiqhdagi tushunchalarining to‘g‘riligiga 1300 yildan beri butun ummat jamlangan. Siz va omma xalqimiz ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohni aqiydasini mahkam ushlang. Chunki bu aqiyda Abu Hanifa va to‘rt mazhab ulamolarining aqiydasidir. Ularning aqiydasi esa sahobalarning aqiydasidir. Abu Hanifa rahmatullohi alayh ikki-uch ustoz orqali Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuga bog‘lanadilar. Ularning aqiydasi to‘g‘ri ekanligiga 1400 yildan beri katta jamoa ittifoq qilganlar. Ularning bu ittifoq qilishlari ko‘r-ko‘rona bo‘lgan emas. Hammalari oyat va hadislarni o‘rganib chiqqanlarida etib borganlari bir joydan chiqavergan. Qolgan firqalar esa bir chiqib, bir yo‘qolib uzog‘i bilan 200 yil davom etib yo‘q bo‘lib ketavergan. Siyosat taqozo qilganda yana yuzaga olib chiqilgan va maqsad xosil bo‘lgach chetga surilgan. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 23:17 | Savol-javoblar | 157 | Aqiyda