Ilm o‘rganish haqida
Assalomu alaykum! Bir tanish do‘stim bor, yaqindan beri ilm olishga ancha kirishgandi, bir kuni "Gunoh va kabiralar " kitobida siydikdan saqlanmaganlik oqibatida qabrda azoblanayotganlik haqidagi gapni o‘qib qoladi va shu bilan bir vaqtda bir domlaning qaysidir ma’ruzasidagi "bilmaganga gunoh yo‘q" mazmunidagi gapini eshitadi. Shundan so‘ng ilm o‘rganishni butkul deyolmaymanu ancha susaytirdi, "bilib turib amal qilolmayman" deb cho‘chiyapti, shunday holatda nimani maslahat berasizlar? Shaxsiy fikrim ilm o‘rganish yaxshi, lekin mening ham do‘stim kabi fikrim biroz chalkashgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson vafot topgunicha turli halokatga soluvchi chuqurlarga tushib ketadi. U chuqurlar insonni to‘g‘ri do‘zaxga tushirib qo‘yadi. U chuqurlar Alloh harom qilgan ishlardir. Inson xohlasa ham xohlamasa ham o‘sha chuqurlardan o‘tib boradi. Ularga tushmaslikning bir yo‘li o‘sha chuqurlarni qaerda ekanligini tanib, ulardan saqlanishdir. Bilib qolsak amal qilolmay qolaman deb aytish o‘zini qaysidir bir chuqurlarga tashlagan bilan barobar bo‘ladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 159 | Ta’lim va muta’allim