Masjidlarda azon

Assalomu alaykum! Shahrixon markazida ikkita masjid bir biriga yaqin joylashgan (+-300 metr). Azon payti bo‘lganida ikkala muazzin bir vaqtda boshlashadi azon aytishni. Masofa juda yaqinligini xisobga olib, kelishilgan xolatda bittasi aytsa ham kifoya qiladimi? Sababi, bir sekin bir tezroq aytgani uchun boshqa odamlar ikki xil azon eshitilib chalg‘itadi. Ularning birini devorida zaif xadis ilingan (masjidda dunyo gaplaridan gapirilinsa 40 kunlik ibodat kesiladi ma’nosida). Buni ko‘rgan omi xalq, gapirib qo‘ydim, ibodatim qabul bo‘lmaydi deb tushkunlikga tushib qolmedimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har biri alohida aytsin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:06 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar