Dorilar
Assalomu alaykum! Tibbiyot instituti talabasiman. Dori-darmonlarni o‘rganayotganimizda bir necha savollar tug‘ildi. Iltimos, aniqlik kiritib beringlar. Dorilar tarkibiga : 1 hayvonlarning safrosi ya’ni o‘t pufagida yig‘iladigan moddani quritilgan holatida;
2). Cho‘chqa yoki boshqa hayvonlarning oshqozon va oshqozon osti bezi suyuqliklarini quritilganda xosil bo‘ladigan moddalar (ekstraktlar) kirsa, bunday dorilardan foydalansa bo‘ladimi? O‘limtik hisoblanmaydimi? Bunday dorilar hozirda keng qo‘llanib kelinmoqda. Masalan, Allohol, mezim, tripsin va hokazolar. Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Cho‘chqadan boshqa hayvonlarning soch, tirnoq, yung, suyak, shox, oshqozon suyuqliklari kabi nerv tolalari ulanmagan(ya’ni hayot yo‘q) a’zolari Abu Hanifa rahmatullohi alayhning nazdilarida pok hisoblanadi. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhablariga binoan tasmiya aytib so‘yilmagan hayvonlarning shirdoni qo‘shilgan pishloqlarni eyish halol hisoblanadi. Chunki unga ham nerv tolasi ulanmagan. Cho‘chqaning har qanday a’zosi, oshqozon va oshqozon osti suyuqliklari harom hisoblanib, ulardan tayyorlangan dorilarni iste’moli joiz emas. Bu erda ajratib olinadigan nuqta shuki, cho‘chqaning hamma a’zosi mutloq harom. O‘limtiklarda esa go‘sht-yog‘lari harom bo‘lib, nerv tolalari ulanmagan a’zolari soch, tirnoq, yung, suyak, shox, oshqozon suyuqliklari pok hisoblanadi. Ulardan tayyorlangan dorilarni iste’moli ham joiz. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 142 | Tabobat