So‘zimning kafforati qanday?

Assalomu alaykum! 1 nafar farzandim bor, bir necha yildan beri yana farzand ko‘rish istagidamiz, lekin sog‘ligimdagi bir qancha sabablarga ko‘ra buning imkoni bo‘lmayabdi, shifokorlar EKO qilishni tavfsiya qilishdi. Kelasi oy ushbu muolajani boshlamoqchimiz In sha Allah. Meni qiynayotgan narsa shuki, birinchi farzandimni dunyoga keltirayotgan vaqtim to‘lg‘oq og‘riqlariga chiday olmay to‘lg‘oq vaqtida dardga engillik qilibmi, yoki yoshlik qilibmi og‘zimdan "Boshqa tug‘mayman" degan gapni aytib yuborganman, qaynonam shu zahoti unday demang deb og‘zimni berkitganlar. Hozirda ushbu so‘zlarimdan juda qattiq pushaymonman. Allohdan mag‘firat so‘ramoqdaman. Savolim shuki ushbu so‘zlarimni kafforatini to‘lashim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gapning o‘ziga kafforat yo‘q. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar