Ilm olishdagi maslahatingiz

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Hazrat, Allohga shukr siz va boshqa bir qator payg‘ambarlar merosxo‘rlari kitoblaridan bahramand bo‘lmoqdamiz. Ammo bilasizmi, diniy ilmlarni o‘rganishga qancha qattiq kirishsam, ularga amal qilishga harakat qilsam, gunohlarim ham shuncha ortayotganday, ya’ni gunoh ishlarni oldingidan ko‘p qilib qo‘ymoqdaman. Ba’zan bu shaytonning ilm olishimizdan qo‘rqib qilayotgan vasvasasimi deb o‘ylab qolaman. Buni qanday izohlash mumkin? Yoki ko‘pchilikda uchraydigan holatmi bu bilmadim? Ustoz duo qiling, shu olayotgan ilmlarimizga amal qilishni Alloh biz gunohkor bandalariga nasib aylasin. Islom yo‘lidagi katta xizmatlaringiz uchun biz g‘oyibona shogirdlaringizdan tashakkurlarimizni qabul aylang.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu holat ko‘pchilikda uchraydi. Shaytonning izmidan chiqilayotgani uchun u la’nati vasvasani kuchaytiradi. Siz yana ham ixlosni kuchaytiring. Alloh taolo xohlasa hammasi yaxshi bo‘ladi. Alloh taolo olayotgan ilmlaringizga amal qilishni nasib aylasin!

26 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar