Erning tinimsiz xiyonati

Assalomu alaykum! Men turmushga chiqqanimga 8 yil bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im shu yillar davomida tinimsiz xiyonatlar ko‘chasida yurdilar. Doim ularni tushimda kim bilan yurayotganlarini ko‘rib ketiga tushsam bu xaqiqat bo‘lib chiqardi. Topalon qilib javobimni sorasam sendek ayolni qoyadigan axmoqmasman dib olib qoladilar. Lekin o‘zlarini xato yolda ekanliklarini sezdirib qoyadila. Masalan erga urishni boshlidila islomda ayolni erga urish mumkinmi. Ideal inson bolmidi ammo eng yaxshi bolish uchun harakat qilganman. Ko‘p siqilaman bazida xayotdan toyib ketgande xis qilaman. Farzandlarimga qarab ovunaman. Dilozor inson bilan yashash oson bolmasakan. Kop dilim ogrib qovotti. Shu insonni xaromdan qaytarishni( spirtli ichimliklar, benamozlik, yomon ayollar) biror iloji bormi. Balki shunda dilozorlikdan tiyilib tinch yasharmidik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringizni qayday ekanligidan qat’iy nazar siz uning haqlarini ado qilib, vazifalaringizni bajarib boravering. Haqqiga ko‘p duolar qiling. Namozlaringizni vaqtida o‘qing, sabr qiling. Ibodat va duolaringiz zoe ketmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 02:04 | Savol-javoblar | 171 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar