Namozga erinish

Assalomu alaykum! Man 11 yoshimdan namozga tushganman. Hozir 23 yoshdaman. Shu paytlarda hech ham namoz o‘qigim kelmayabdi. Namozni qasddan tashash kotta gunohligini bilaman. Allohdan qo‘rqaman. Namozlarimni betoqat bo‘lib o‘qiyman. Bamdodga ham turgim kelmaydi qazo qilib o‘qiyman. Duolar ham qilishga toqatim etmaydi. Ichimda tezroq o‘qi tezroq bo‘l deyilyotgande bo‘ladi. Namoz o‘qib bo‘lganimdan so‘ng Allohga shukur o‘qib bo‘ldimi deyman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu holatda bo‘lsa ham ruknlarini o‘z o‘rnida qilib o‘qisangiz qiyomat kuni mutlaqo o‘qimaganlar bilan emas o‘qiganlar bilan birga bo‘lasiz. Namozni qoldirganlar jazosi uchun aytilgan oyat bor.  Oxiratning bir kuni bu dunyoning ming yiliga teng bo‘lishi haqida ham. فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ۝الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ۝4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…5. Ular namozlarini unutuvchilardir.Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi: وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ۝47. Sendan azobning tezroq kelishini so‘rarlar. Holbuki, Alloh va’dasiga zinhor xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:00 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar