Aroq ichgani kelgan mehmon

Assalomu alaykum! Hammamizga ma’lum aroq va spirtli ichimliklar dinimizda harom hisoblanadi. Mehmonni esa Allohni omonati deymiz. Uyimizga tez-tez otamning do‘stlari eb-ichgani kelishadi. Albatta, ular aroq va spirtli ichimliklar olib kelib ichishadi. Dadam ham ularga kelma deyolmaydi. Uyga aroq va spirtli ichimliklar ichgani kelgan mehmonni ham haqlari bormi? Ularni qanday kutib olish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqqlari yo‘q. Ular Alloh bergan haqqni poymol qilishibdi. Ularni ichgani, chekkani kabi qattiq gunohlarida tengma-teng sherik bo‘lasizlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:16 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar