Masjidda dunyo gapini gapirish

Assalomu alaykum! Bir masjid eshigida bu matnga ko‘zimiz tushdi: "Xalaf ibn Ayyubdan rivoyat qilinadi Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam aytdilar kim masjidda dunyo gapini gapirsa 40 kunlik namozi bekor bo‘ladi". Ushbu matn haqiqatan sahih hadismi? Muhaddis kimligi yoki manbasi ko‘rsatilmagan ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday gap yo‘q. Ammo: إنْ أَرَادَ الْإِنْسَانُ أَنْ يَدْرُسَ الْكِتَابَ بِسِرَاجِ الْمَسْجِدِ إنْ كَانَ سِرَاجُ الْمَسْجِدِ مَوْضُوعًا فِي الْمَسْجِدِ لِلصَّلَاةِ قِيلَ : لَا بَأْسَ بِهِ وَإِنْ كَانَ مَوْضُوعًا فِي الْمَسْجِدِ لَا لِلصَّلَاةِ بِأَنْ فَرَغَ الْقَوْمُ مِنْ صَلَاتِهِمْ وَذَهَبُوا إلَى بُيُوتِهِمْ وَبَقِيَ السِّرَاجُ فِي الْمَسْجِدِ قَالُوا : لَا بَأْسَ بِأَنْ يَدْرُسَ بِهِ إلَى ثُلُثِ اللَّيْلِ ، وَفِيمَا زَادَ عَلَى الثُّلُثِ لَا يَكُونُ لَهُ حَقُّ التَّدْرِيسِ ، كَذَا فِي فَتَاوَى قَاضِي خَانْ «Bir kishi masjid chirog‘i namoz uchun yoqilgan paytda kitob o‘qimoqchi bo‘lsa, zarari yo‘q. Agar qavm namozlarini tugatib uylariga ketgan bo‘lsalar va chiroq yoqiq qolib bir kishi kitob o‘qimoqchi bo‘lsa, kechning uchdan birigacha o‘qisa bo‘ladi. Kechaning uchdan biridan keyin masjidning chirog‘i yordamida dars qilishi, dars berishi joiz emas. Qozixonda shunday deyilgan» (Fatvoi hindiya).
Masjid Allohning baytidir. Uni hurmat qilib, odoblariga rioya qilish zarur bo‘lib, amal qilmaslik ulkan zararga sabab bo‘ladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Masjid ichida dunyoviy so‘zlarni gapirish xuddi olov o‘tinni yondirib yuborganidek, yaxshiliklarni kuydirib yuboradi» dedilar».
Yana boshqa hadislarida: «Biror kishi masjidda dunyoviy so‘zlarni so‘zlay boshlasa, unga farishtalar: «Ey Allohning do‘sti, jim bo‘ling», deydilar. Agar u gapida davom etsa, farishtalar unga qarata: «Ey Allohning dushmani, jim bo‘l», deydilar. Agar u yana gapida davom etsa, farishtalar unga: «Senga Allohning la’nati bo‘lsin, jim bo‘l», deydilar», deganlar» (Madxal).
Shuning uchun masjidni musofirxona yoki gapxonaga aylantirish mumkin emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:33 | Savol-javoblar | 226 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar