Er homilangni oldirasan desa
Assalomu alaykum! Biz chet elda yashaymiz, turmush o‘rtog‘im va 2 farzandim, sharoitimiz sal qiyinroq chunki noqonuniy ishlashga haqqimiz yo‘q. Shunday bo‘lsa ham ishlab o‘zimiz va bollani eplab kelmoqdamiz, yaqinda yana homilador bo‘lib qolibman. Farzandlarimiz 8-4 yosh, Allohga shukur. Xo‘jayinimlar “oldir bolani, kerakmas, hozir paytimas, dokumentlarimiz hal bo‘lsa keyin” deb janjal qilyaptilar. Hatto man bilan gaplashmay qo‘ydilar, yotoqlariniyam o‘zgartirdilar. Yana “gapimga kirmasang bola tug‘ilgandan keyin ajrashaman” deydilar. Men “bola Allohdan berilagan eng buyuk ne’mat, uni oldirib gunoh qilmoqchimasman” tushuntiryapman, lekin hech tushunmaydilar. Nima qilishimni bilmayman, maslahat beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har bir tug‘ilgan bola ulkan yaxshiliklar bilan dunyoga keladi. Bir ishchi bo‘lar ekan. Ishlab yurgan paytida yaxshi ishlagani uchun boshlig‘i maoshini ko‘tarib qo‘yibdi. U ishchi indamasdan ishlayveribdi. Kunlarning biridi zarur bo‘lgan paytida ishga kelolmapti. Boshliq bundan g‘azablanib maoshini kamaytirib qo‘yibdi. Ishchi shunda ham indamay yuraveribdi. Ozroq vaqt uni kuzatib turgan boshliq uni chaqirib, “Senga hayron qoldim, maoshingni ko‘tarsam ham indamading, pasaytirsam ham” debdi. Shunda ishchi “Siz maoshimni ko‘targaningizda Alloh taolo menga farzand ato qilgan edi. Rizq Allohdan, mana rizqimizga bolamning rizqi qo‘shildi deb xursand bo‘ldim. Keyin onam vafot qilgan kuni ishga kelolmadim. Siz jahl qilib maoshimni pasaytirdingiz. Men onamning rizqi ketibdi deb o‘yladim” degan ekan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush