Haj va ehson haqida

Assalomu alaykum! Islomda 5ta farz bor va albatta bajarish shart! Lekin birov hajga bormoqchida lekin qo‘shnilari yoki mahallasida darddan ham mablag‘dan qiyinchilikka tushib turgan bo‘lsa va buni hajga ketmoqchi odam aniq bilsa yoki qaragisi kelmasa misol ko‘z yumsa,bo‘ladimi? Yordam bermay hajga borsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farz bo‘lgan haj o‘ta ulug‘ ibodat, hech narsa unga teng ham kelolmaydi, yaqiniga ham borolmaydi. O‘sha farzni tark qilib boshqa ishga sarflash xoh siz aytgandek mahalla tugul o‘zining farzandini to‘yi yoki nikohi bo‘lganda ham bekor qilishga sabab bo‘lolmaydi. Nafl haj va umralar bundan mustasno. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:43 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar