Nogironning namozi

Assalomu alaykum! Assalomu alaykum. Va alaykum assalom. Agar bir insonning qo‘llari bo‘lmasa, oyoqlari boshqa a’zolar salomat bo‘lsa bu inson ibodat uchun tahorat, tayammumni qanday qilishi kerak. Tahoratda yordam bera oladigan yaqinlari bo‘lmasa, qanday qilib poklanib namoz o‘qiydi? Bilamizki, tana sog‘lom bo‘lmasa ham namoz bandadan soqit bo‘lmaydi. Ammo bunday odam qanday qilib poklanib ibodatlarni ado etishi mumkin? Savolim noo‘rin bo‘sa uzr. Ammo bu masala biz uchun muhim. Alloh rozi bo‘lsin sizlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratda suvni badangi ishqalash shart emas. Oqib turgan suvga tahoratda yuviladigan a’zolarni tutib yuvsa yoki suvga tiqib yuvsa ham tahorat ado bo‘ladi. Jinsiy a’zosini yuvolmasa yuvish soqit bo‘lib turadi. Agar oyog‘ini tog‘oradagi suvga tiqib yuvmoqchi bo‘lsa ikki oyog‘ini teng suvga tiqish kerak bo‘ladi. chunki birini solganida suv musta’amlga aylanib keyingi oyog‘ini poklolmay qoladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:43 | Savol-javoblar | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar