Namozdan so‘ng duo qilish haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizda namoz tamom qilingandan so‘ng, qo‘lni ochib duo qilish masalasida ozroq muammoga duch kelib qoldik. Bir do‘stimiz namozdan so‘ng duo qilish na Qur’onda va na hadislarda aytib o‘tilgan deb da’vo qilayapti. Shunga, sizlardan yordam so‘rab iltimos qilamiz. Alloh taolo ilmingizni ziyoda qilsin. Jamiyatimizda sizlar kabi ma’rifat va ilm chiroqlari ko‘p bo‘lib, biz kabilarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishda, Alloh taolo o‘zi madadkor bo‘lsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda uchta masala bo‘lib, biri namoz qachon tugaydi? Ikkinchisi namozdan keyin duo qilish qanday amal? Uchinchisi duo qilganda qo‘lini ko‘tarib yuzga surtiladimi?
1-imom salom berishi bilan namoz tugaydi. Uning ortidan qilinadigan duolar namozning bir bo‘lagi hisoblanmaydi. Mabodo bir kishining tahorati qistab, duo qilmasdan chiqib ketsa, “uning namozi mukammal bo‘lmadi” deb aytilmaydi. Uni malomat qilish ham joiz emas. Chunki namozdan keyin duo qilish, mandub amaldir.
2-siga kelsak, hadis shariflarda namozdan keyin duo qilishga targ‘ibotlar kelgan. Har bir namozxon o‘sha targ‘ibotlarga amal qilsa, o‘z-o‘zidan jamoa ko‘rinishidagi.
155-BOB.
NAMOZDAN KEYINGI ZIKR HAQIDAحَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ نَصْرٍ قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ قَالَ: أَخْبَرَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ قَالَ: أَخْبَرَنِي عَمْرٌو، أَنَّ أَبَا مَعْبَدٍ مَوْلَى ابْنِ عَبَّاسٍ أَخْبَرَهُ، أَنَّ ابْنَ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَخْبَرَهُ: أَنَّ رَفْعَ الصَّوْتِ بِالذِّكْرِ حِينَ يَنْصَرِفُ النَّاسُ مِنَ الْمَكْتُوبَةِ كَانَ عَلَى عَهْدِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم. وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ: كُنْتُ أَعْلَمُ إِذَا انْصَرَفُوا بِذَلِكَ إِذَا سَمِعْتُهُIbn Abbos roziyallohu anhumo xabar qiladi:
«Odamlar farz namozini tugatgach, ovozlarini ko‘tarib zikr qilishlari Nabiy sollallohu alayhi vasallam zamonlarida ham bor edi. Shuni eshitib, ularning namozni tamomlashganini bilar edim».حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللهِ قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ {عَنْ عَمْرٍو} قَالَ: أَخْبَرَنِي أَبُو مَعْبَدٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: كُنْتُ أَعْرِفُ انْقِضَاءَ صَلَاةِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم بِالتَّكْبِيرِ. طرفهIbn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning namozlari tugaganini takbirdan (aytgan zikrlaridan) bilar edim».حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يُوسُفَ قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَبْدِ الْمَلِكِ بْنِ عُمَيْرٍ، عَنْ وَرَّادٍ كَاتِبِ الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ قَالَ: أَمْلَى عَلَيَّ الْمُغِيرَةُ بْنُ شُعْبَةَ فِي كِتَابٍ إِلَى مُعَاوِيَةَ أَنَّ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم كَانَ يَقُولُ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلَاةٍ مَكْتُوبَةٍ: «لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ، وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهْوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، اللَّهُمَّ لَا مَانِعَ لِمَا أَعْطَيْتَ، وَلَا مُعْطِيَ لِمَا مَنَعْتَ، وَلَا يَنْفَعُ ذَا الْجَدِّ مِنْكَ الْجَدُّ». وَقَالَ شُعْبَةُ: عَنْ عَبْدِ الْمَلِكِ بِهَذَا، وَعَنِ الْحَكَمِ، عَنِ الْقَاسِمِ بْنِ مُخَيْمِرَةَ، عَنْ وَرَّادٍ بِهَذَا. وَقَالَ الْحَسَنُ: الْجَدُّ غِنًىMug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhuning kotibi Varrod aytadi:
«Mug‘iyra ibn Shu’ba Muoviyaga yozgan maktubida menga shunday imlo* qildirdi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam har farz namozidan keyin: «Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul-mulku va lahul hamdu va huva ’alaa kulli shay’in qodiyr. Allohumma laa maani’a limaa a’toyta va laa mu’tiya limaa mana’ta va laa yanfa’u zal-jaddi minkal-jaddu», der edilar».* Imlo – bir kishi aytib turgan narsani ikkinchi kishining yozishi.Izoh: Duoning ma’nosi: «Yagona Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Uning sherigi yo‘q. Mulk Unga xos. Hamd Unga xos. U har bir narsaga qodir. Allohim, Sen berganni to‘suvchi yo‘q, Sen to‘sganni beruvchi yo‘q. Huzuringda boylik egasiga boyligi foyda bermas».(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).NAMOZDAN KEYINGI DUO VA
ZIKR HAQIDAعَنْ ثَوْبَانَ رضي الله عنه قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم إِذَا انْصَرَفَ مِنْ صَلَاتِهِ اسْتَغْفَرَ ثَلَاثًا وَقَالَ: اللَّهُمَّ أَنْتَ السَّلَامُ وَمِنْكَ السَّلَامُ، تَبَارَكْتَ يَا ذَا الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ.
وَفِي رِوَايَةٍ: كَانَ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم إِذَا سَلَّمَ لَمْ يَقْعُدْ إِلَّا مِقْدَارَ مَا يَقُولُ: اللَّهُمَّ أَنْتَ السَّلَامُ الخ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ.Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlaridan chiqsalar, uch marta istig‘for aytar va «Allohumma antassalam va minkassalam tabarokta yaa zaljalali val ikrom», der edilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam salom bersalar, «Allohumma antassalam...»ni aytish miqdorichagina o‘tirar edilar», deyilgan.
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Namozni o‘qib bo‘lib, salom bergandan keyin qimirlamay turib, uch marta «Astag‘firulloh» deyish va «Allohumma antassalam»ni oxirigacha o‘qish hozirda rasm bo‘lgan va unga amal qilinadi.عَنْ زَيْدٍ مَوْلَى النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم، عَنْ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: مَنْ اسْتَغْفَرَ اللهَ الَّذِي لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْحَيَّ الْقَيُّومَ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ، غُفِرَ لَهُ وَإِنْ كَانَ فَرَّ مِنَ الزَّحْفِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُ: مَنْ اسْتَغْفَرَ اللهَ الْعَظِيمَ.Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim «astag‘firullohallazi la ilaaha illa huval hayyul qayyum va atubu ilayhi» desa, u mag‘firat qilinur, garchi jangdan qochgan bo‘lsa ham», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Termiziyning lafzida:
«Kim ulug‘ Allohga istig‘for aytsa» deyilgan.
Sharh: Hadisi sharifning roviyci Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu bilan yaqindan tanishib olaylik:
Zayd ibn Horisa ibn Shurahbil al-Kalbiy, kunyalari Abu Usoma. Zayd johiliyat davrida o‘g‘irlanib, sotiladi. Keyinchalik uni Xadicha onamiz sotib olib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga turmushga chiqqanlarida u zotga hadya qiladilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zayd ibn Horisani ozod qilib, o‘g‘il qilib oladilar va ammalarining qizlari – Zaynab binti Jahshga uylantirib qo‘yadilar. Zayd Zaynabni taloq qilganlaridan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishini cho‘rilari Ummu Aymanga uylantirib qo‘yadilar. Bu xotinlaridan Usoma ibn Zayd tug‘iladilar.
Zayd ibn Horisa Islomga avvalgilardan bo‘lib kiradilar. Badr, Uhud, Handaq, Xaybar janglarida ishtirok etadilar. Badr jangidagi musulmonlarning g‘alabasi haqidagi xabarni Madinaga olib kelgan zot shu kishi edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kishini hammasi bo‘lib, ettita sariyya (qo‘shin)ga amir qilib tayinlaganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ichida yolg‘iz Zayd ibn Horisaning ismigina Qur’onda zikr qilingandir.
Bir kuni Zaydning otalari bilan amakilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga o‘g‘illarini so‘rab kelishganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ixtiyorni Zaydning o‘ziga tashlaydilar. Zayd esa ular bilan ketishga rozi bo‘lmaydi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida qolishni ixtiyor etadi.
Zayd ibn Horisa hijratning 8-yili, Shomda¬gi Mu’ta g‘azotida 55 yoshlarida shahid bo‘ldilar.
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlosi degani — ozod qilingan qullari ma’nosidadir. Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu juda mashhur sahobiy bo‘lsalar ham, faqat shu hadisni rivoyat qilganlar, xolos.
Duoning ma’nosi: «Buyuk Allohga, Undan o‘zga ibodatga sazovor zot bo‘lmagan, tirik va o‘ta qoim bo‘lgan Allohga istig‘for aytaman va Unga tavba qilaman».عَنْ وَرَّادٍ مَوْلَى الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ رضي الله عنه قَالَ: كَتَبَ الْمُغِيرَةُ إِلَى مُعَاوِيَةَ إنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم كَانَ إِذَا فَرَغَ مِنَ صَلَاتِهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، اللَّهُمَّ لَا مَانِعَ لِمَا أَعْطَيْتَ، وَلَا مُعْطِيَ لِمَا مَنَعْتَ، وَلَا يَنْفَعُ ذَا الْجَدِّ مِنْكَ الْجَدُّ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ.Mug‘iyra ibn Sho‘’ba roziyallohu anhuning mavlolari Varrod roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Mug‘iyra Muoviyaga:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon namozlaridan forig‘ bo‘lib, salom bersalar:
«Laa ilaaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shay’in qodiyr. Allohumma la mane’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jaddu», der ekanlar», deb xat yozdi».
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Sharh: Avvalo hadisda nomlari zikr etilgan mashhur sahoba Mug‘iyra ibn Sho‘’ba roziyallohu anhu bilan tanishib olaylik:
Bu zotning to‘liq ismlari Mug‘iyra ibn Sho‘’ba ibn Abu Omir ibn Mas’ud ibn Muattib ibn Molik ibn Ka’b ibn Amr ibn Sa’d ibn Avf ibn Qaysdir.
Xandaq jangi bo‘lgan yilda Islomga kirganlar. Hudaybiya sulhida ishtirok etganlar.
Hazrati Umar roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida u kishi Basraga voliy qilib tayinlanganlar. So‘ngra Kufaga voliy bo‘lganlar.
Hazrati Usmon zamonlarida voliylikdan bo‘shab, Yamoma, Shom fathlarida ishtirok etdilar. Keyinchalik Yarmuk Qodisiya va Nahovand janglarida qatnashdilar.
Mug‘iyra ibn Sho‘’badan sahobalar Abu Amoma Bohiliy, Masvar ibn Muhrama, Qurratu al-Mazniylar, farzandlari Urva, Hamza, Aqqor, mavlolari Varrod, Masruq, Qays ibn Abu Hozim, Abu Voil va boshqalar hadislar rivoyat qilganlar.
U zot birinchi bo‘lib Basrada devon – mirzaxona tashkil qilgan edilar.
Mug‘iyra ibn Sho‘’ba hijratning 50-yilida Kufada vafot etdilar.
Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhu xalifalik vaqtlarida mashhur sahobiy Mug‘iyra ibn Sho‘’ba roziyallohu anhudan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning namozdan forig‘ bo‘lib, salom berganlaridan ke¬yin o‘qiydigan duolari haqida xabar berishini so‘raganlarida u kishi shu rivoyatda keltirilgan ma’nodagi xatni yozgan ekanlar.
Duoning ma’nosi: «Allohdan o‘zga ibodatga sazovor Zot yo‘q. Uning O‘zi yolg‘izdir, sherigi yo‘qdir. Mulk Unikidir. Hamd Unikidir. U har bir narsaga qodirdir. Allohim, Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Sen man qilgan narsani beruvchi yo‘q. Sendan bo‘lgan iqobni qaytaruvchi yo‘q». Ko‘pchilik kishilar ushbu nabaviy duoni yodlab olib, o‘qib yuradilar. Bilmaganlar uni yodlab olsalar, yaxshi bo‘ladi.عَنْ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ رضي الله عنه، عَنْ رَسُولِ اللهِ صلي الله عليه وسلم قَالَ: مُعَقِّبَاتٌ لَا يَخِيبُ قَائِلُهُنَّ أَوْ فَاعِلُهُنَّ؛ ثَلَاثٌ وَثَلَاثُونَ تَسْبِيحَةً، وَثَلَاثٌ وَثَلَاثُونَ تَحْمِيدَةً، وَأَرْبَعٌ وَثَلَاثُونَ تَكْبِيرَةً في دُبُرَ كُلِّ صَلَاةٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ.Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«(Namoz) ortidan keluvchilarni aytuvchilar yoki qiluvchilar noumid bo‘lmaslar. Har bir namoz ortidan o‘ttiz uchta tasbeh, o‘ttiz uchta hamd va o‘ttiz to‘rtta takbir», dedilar».
Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisda kelgan har bir namoz ortidan o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah», o‘ttiz to‘rt marta «Allohu akbar»ni zikr qilish keyingi rivoyatlarda keladigan zikrlar bilan uyg‘unlashib, amalda aytiladigan bo‘lgan.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه أَنَّ فُقَرَاءَ الْمُهَاجِرِينَ أَتَوْا رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم فَقَالُوا: ذَهَبَ أَهْلُ الدُّثُورِ بِالدَّرَجَاتِ وَالنَّعِيمِ الْمُقِيمِ، فَقَالَ: وَمَا ذَاكَ؟ قَالُوا: يُصَلُّونَ كَمَا نُصَلِّي، وَيَصُومُونَ كَمَا نَصُومُ، وَيَتَصَدَّقُونَ وَلَا نَتَصَدَّقُ، وَيُعْتِقُونَ وَلَا نُعْتِقُ، فَقَالَ رَسُولُ اللهُ صلي الله عليه وسلم: أَفَلَا أُعَلِّمُكُمْ شَيْئًا تُدْرِكُونَ بِهِ مَنْ سَبَقَكُمْ، وَتَسْبِقُونَ بِهِ مَنْ بَعْدَكُمْ، وَلَا يَكُونُ أَحَدٌ أَفْضَلَ مِنْكُمْ إِلَّا مَنْ صَنَعَ مِثْلَ مَا صَنَعْتُمْ؟ قَالُوا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: تُسَبِّحُونَ وَتُكَبِّرُونَ وَتَحْمَدُونَ دُبُرَ كُلِّ صَلَاةٍ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ مَرَّةً. قَالَ أَبُو صَالِحٍ: فَرَجَعَ فُقَرَاءُ الْمُهَاجِرِينَ إِلَى رَسُولِ اللهِ صلي الله عليه وسلم فَقَالُوا: سَمِعَ إِخْوَانُنَا أَهْلُ الْأَمْوَالِ بِمَا فَعَلْنَا فَفَعَلُوا مِثْلَهُ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم: ذَلِكَ فَضْلُ اللهِ يُؤْتِهِ مَنْ يَشَاءُ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Faqir muhojirlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Mol-dunyosi ko‘plar darajotlarni va doimiy ne’matni olib ketdilar», deyishdi.
U zot:
«U nimadir?» dedilar.
Ular:
«Biz namoz o‘qiganimizdek namoz o‘qirlar. Biz ro‘za tutganimizdek ro‘za tutarlar. Ular sadaqa qilurlar. Biz sadaqa qila olmasmiz. Ular qul ozod qilurlar, biz ozod qila olmasmiz», dedilar.
U zot:
«Sizni o‘zingizdan oldingilarga etib olishingiz, o‘zingizdan keyingilardan o‘tib ketishingizga sabab bo‘ladigan, sizdan hech kim afzal bo‘lmaydigan, faqat siz qilganni qilsagina bo‘ladigan narsaga dalolat qilaymi?» dedilar.
Ular:
«Ha, ey Allohning Rasuli», deyishdi.
U zot:
«Har namozdan keyin o‘ttiz uch marta tasbeh, takbir va tahmid aytasiz», dedilar».
Abu Solih:
«Faqir muhojirlar yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga qaytib kelib:
«Mol-dunyosi ko‘p birodarlarimiz biz qilgan narsani eshitib qolib, o‘shanga o‘xshash ishni qildilar», deyishdi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«U Allohning fazlidir, xohlagan kishisiga berur», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisda musulmonlarning birinchi avlodiga xos bir fazilat ustida so‘z bormoqda. U ham bo‘lsa, savob ish qilishda bir-biridan o‘tishga harakat va unga erishish yo‘llarini izlashdir.
Faqir-miskinliklari tufayli boy-badavlat kishilarga o‘xshab sadaqa qila olmay, qul ozod eta olmay yurgan muhojir sahobalar qanday qilib ko‘proq ajru savobga ega bo‘lish yo‘lini so‘rab keldilar. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam ularni namozdan keyin zikr qilishga irshod qildilar.
Keling, ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalarni bir boshdan ko‘rib chiqaylik:
1. Ko‘p savob olayotgan kishilarga havas bilan qarash mumkinligi.
2. Bilmaydiganlar biladigan kishilardan so‘rashlari kerakligi.
3. Sadaqa va qul ozod qilish ko‘p ajr keltirishi.
4. Har namozdan keyin o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», «Alhamdulillah» va «Allohu akbar»ni zikr qilish, ko‘p mol sadaqa qilish va qul ozod etishdan ham ko‘proq savobga sabab bo‘lishi.
5. Faqir muhojirlarning iloji boricha ko‘proq savob olishga intilishlari.
6. Islomda shukr qiluvchi boyning yaxshi ekanligi.وَزَادَ أَبُو دَاوُدَ : وَتَخْتِمُهَا بِلَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ.Abu Dovud:
«Va uni «Laa ilaaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shay’in qodiyr» bilan tugatarsan» jumlasini ziyoda qilgan.
Sharh: Zotan, hozir barcha namozxonlar ichida shu ikki rivoyatdagi zikrni qilish yo‘lga qo‘yilgan.وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ قُولُوا: سُبْحَانَ اللهِ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَالْحَمْدُ ِللهِ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَاللهُ أَكْبَرُ أَرْبَعًا وَثَلَاثِينَ، وَلَا إِلهَ إِلَّا اللهُ عَشْرَ مَرَّاتٍ.Termiziyning lafzida:
«O‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah», o‘ttiz to‘rt marta «Allohu akbar» va o‘n marta «Laa ilaaha illallohu» denglar», deyilgan.وَلِمُسْلِمٍ: مَنْ سَبَّحَ اللهَ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلَاةٍ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَحَمِدَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَكَبَّرَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، فَتْلِكَ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ، وَقَالَ تَمَامَ الْمِائَةِ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، غُفِرَتْ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ.Muslimning rivoyatida esa:
«Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta «Allohu akbar», desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘lur, yuztaning tamom bo‘lishiga: «La ilaaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shay’in qodiyr»ni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklari kabi bo‘lsa ham, mag‘firat qilinur», deyilgan.
Sharh: Imom Muslimning rivoyatida kelgan zikrlarning avvali yoki oxirida «Oyatul Kursiy»ni qo‘shib o‘qishni so‘fiylar joriy qilganlar. Bu «so‘fiylar xatmi» deb nomlanadi. Bu nur ustiga nur, deyiladi. Chunki «Oyatul Kursiy» Qur’oni Karimdagi eng ulug‘ oyatdir. Ushbu xatmni qilish bizda ham joriy bo‘lib kelayotir.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رضي الله عنه قَالَ: خَرَجَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم مِنْ عِنْدِ جُوَيْرِيَةَ وَهِيَ فِي مُصَلَاهَا وَدَخَلَ وَهِيَ فِي مُصَلَاهَا، فَقَالَ: لَمْ تَزَالِي فِي مُصَلَاكِ هَذَا؟ قَالَتْ: نَعَمْ، قَالَ: قَدْ قُلْتُ بَعْدَكِ أَرْبَعَ كَلِمَاتٍ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ، لَوْ وُزِنَتْ بِمَا قُلْتِ لَوَزَنَتْهُنَّ: سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ، عَدَدَ خَلْقِهِ، وَرِضَا نَفْسِهِ، وَزِنَةَ عَرْشِهِ، وَمِدَادَ كَلِمَاتِهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Juvayriyaning oldidan chiqqanlarida u o‘z namozgohida edi. Qaytib kirganlarida ham u o‘z namozgohida edi.
U zot:
«Hali ham shu namozgohingdamisan?» dedilar.
«Ha» dedi.
U zot:
«Men sendan keyin to‘rt kalimani uch marta aytdim. Agar sen aytgan narsa bilan tortilsa, (ul) ortiq kelur: «Subhanallohi va bihamdihi adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata arshihi va midada kalimatihi», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Ushbu hadisda nomlari kelgan Juvayriya binti al-Horis onamizning ismlari aslida Barra bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ul muhtaramani Juvayriya deb, marhamat qilganlar. Ul zot roziyallohu anhoning zikr bilan ko‘p mashg‘ul bo‘lishlari ushbu rivoyatdan ma’lum bo‘lib turibdi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam ularning oldilaridan chiqayotganlarida ham namozgohlarida ekanlar. U zot tashqarida ishlarini bitirib, qaytib kelsalar ham o‘sha joyda o‘tirib, zikrda davom etayotgan ekanlar. Shunda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam:
«Hali ham shu namozgohingdamisan?» dedilar.
«Ha», dedilar Juvayriya onamiz zikrni muttasil davom ettirayotganlarini tasdiqlab.
Ana shunda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam zikr bilan zikrning farqi borligini, Juvayriya onamizga o‘xshab ba’zi bir zikr¬larni uzoq va ko‘p takrorlagandan ko‘ra boshqasini oz takrorlab, ko‘p savob olish mumkinligini bayon qildilar:
«Men sendan keyin to‘rt kalimani uch marta aytdim. Agar sen aytgan narsa bilan tortilsa, (ul) ortiq kelur», dedilar.
Ya’ni, men oldingdan chiqib ketganimdan buyon hozirgacha aytgan zikringning savobi tarozining bir pallasiga, men uch martagina aytgan to‘rt kalimaning savobi boshqa pallasiga qo‘yilsa, men aytgan zikrlarimning savobi bosib ketadi, dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan kalimalarining ma’nosi esa bunday edi:
«Allohga maxluqotlarining adadicha, Uning O‘zi rozi bo‘ladigancha, Arshining og‘irligicha va kalimalarining adadicha poklash va hamd bo‘lsin».
Hadisdan olinadigan foydalar:
1. Juvayriya onamizning namozgohda o‘tirganlaridan bu hadisda namoz ortida qilinadigan zikr to‘g‘risida gap borayotganligi tushuniladi.
2. Juvayriya onamizning zokira ayol ekanliklari.
3. Zikr bilan zikr orasida farq borligi.
4. Zikrni ustozdan o‘rganish yaxshi ekanligi.
5. Zikrni o‘zicha qilayotgan odamda kamchilik bo‘l¬sa, biladigan odam to‘g‘rilab qo‘yishi zarurligi.
6. Rivoyatda kelgan zikrning o‘ta fazilatli va savobi ko‘p ekanligi.عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رضي الله عنه أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم أَخَذَ بِيَدِهِ وَقَالَ: يَا مُعَاذُ، إِنِّي وَاللهِ لَأُحِبُّكَ، أُوصِيكَ يَا مُعَاذُ، لَا تَدَعَنَّ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلَاةٍ تَقُولُ اللَّهُمَّ أَعِنِّي عَلَى ذِكْرِكَ وَشُكْرِكَ وَحُسْنِ عِبَادَتِكَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishining qo‘llaridan ushlab:
«Ey Muoz, Allohga qasamki, albatta, men seni yaxshi ko‘rurman. Ey Muoz, men senga har bir namozdan keyin «Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika» deyishni tark qilmasligingni tavsiya qilaman», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu rivoyatdagi duoning ma’nosi:
«Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin».
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning fazilatlari.
2. Birovni yaxshi ko‘rgan odam muhabbatini izhor qilib, aytishi mumkinligi.
3. Talab qilinmasa ham, ma’noni ta’kidlash uchun qasam ichish mumkinligi.
4. Ustoz o‘z shogirdiga so‘ramasa ham, zikrni o‘rgatib borishi kerakligi.
5. Ushbu zikrning fazli va uni namozdan ke¬yin aytib yurish zarurligi.عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رضي الله عنه قَالَ: أَمَرَنِي رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم أَنْ أَقْرَأَ بِالْمُعَوِّذَاتِ دُبُرَ كُلِّ صَلَاةٍ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُUqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga har bir namozdan keyin «Mu’avvizatni o‘qishimni amr qildilar».
«Sunan» egalari va Hokim rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan.
Sharh: «Mu’avvizat» – Falaq va An-nas suralaridir.
Demak, namozdan keyin ushbu ikki muborak surani o‘qib qo‘yish ham yaxshi ekan.عَنْ جَابِرٍ رضي الله عنه أَنَّ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم قَالَ لِرَجُلٍ: كَيْفَ تَقُولُ فِي الصَّلَاةِ؟ قَالَ: أَتَشَهَّدُ وَأَقُولُ اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الْجَنَّةَ وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ النَّارِ، أَمَا إِنِّي لَا أُحْسِنُ دَنْدَنَتَكَ وَلَا دَنْدَنَةَ مُعَاذٍ، فَقَالَ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم: حَوْلَهَا نُدَنْدِنُ. وَفِي رِوَايَةٍ: إِنِّي وَمُعَاذًا حَوْلَ هَاتَيْنِ نُدَنْدِنُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kishiga:
«Namozda qanday (narsani) aytasan?» dedilar.
«Tashahhudni o‘qiyman va «Allohumma inni as’alukal jannata va a’uzu bika minannar», deyman. Ammo men sizning pichirlashingizni ham, Muozning pichirlashini ham eplay olmayman», dedi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Biz ham shunga o‘xshash pichirlaymiz», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda kelishicha:
«Albatta, men ham, Muoz ham ana o‘sha ikkovi atrofida pichirlaymiz», dedilar», deyilgan.
Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilganlar.
Sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Men ham, Muoz ham ana o‘sha ikkovi atrofida pichirlaymiz», deganlari jannat va do‘zax haqida so‘raymiz, ma’nosidadir.
Duolarining ma’nosi: «Allohim, albatta, men Sendan jannatni so‘rayman va do‘zaxdan panoh tilayman».
Hadisdan olinadigan foydalar:
1. Ba’zi vaqtda rahbar va ustoz o‘z atbo’ va shogirdlarini imtihon qilib, so‘rab-surishtirib turishi zarur ekanligi.
2. Namozda jannatni so‘rab va do‘zaxdan panoh tilab duo qilish mumkinligi.
3. Namozda duoning pichirlab qilinishi.
4. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning o‘ta tavozeli ekanliklari va hadisda zikri kelgan kishining duosini tasdiqlaganliklari.XULOSABu faslda kelgan zikr va duolar namozdan keyingi zikr va duolarning ba’zi namunalari, xolos. Albatta, bundan boshqalari ham bor. Ularning orasida biz bilmaydigan duolar bo‘lsa, o‘rganib olishimiz kerak. Chunki duo va zikr sunnatga muvofiq bo‘lishining foydasi katta.
Namozdan keyingi zikr va duolar haqida kelgan hadisi shariflarni jamlab, o‘rgangan ulamolar ularni tartibga solib, ko‘pchilikka bayon qilib berganlar. Mashhur faqih Vahba az-Zuhayli «Al-Fiqhul Islomiyyu va adillatuhu» nomli ko‘p juzli kitobida jumladan, quyi¬dagilarni yozadi:
«Namozdan keyin Allohning zikrini va asar bo‘lib qolgan duolarni qilish sunnatdir. Mazkur narsalar ortidan sunnati bo‘lmagan Bomdod va Asr namozlarida farzdan keyin, ortida sunnati bor Peshin, Shom va Xufton namozlarida sunnatdan so‘ng ado etiladi. Chunki istig‘for namozning nuqsoniga evaz bo‘ladi. Namozda Allohga qurbat hosil qilingandan keyingi duo esa ajru savob olishning eng munosib yo‘lidir.
Namozdan keyingi maxfiy aytiladigan zikrlar quyidagi tartibda keltiriladi: Qavmiga ta’lim bermoqchi bo‘lgan imom o‘rganib olgunlaricha ovozini chiqarishi mumkin. U chap tarafini mehrobga qilib, odamlarga qarab o‘tiradi. So‘ngra uch marta «Astag‘firulloh» deydi. Keyin «Allohumma antassalom va minkassalom taborakta yaa zaljaloli val ikrom» deb, «Oyatul Kursiy»ni tilovat qiladi.
Imom Husayn ibn Ali roziyallohu anhudan Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Kim farz namozidan keyin «Oyatul Kursiy»ni qiroat qilsa, u boshqa namozgacha Allohning zimmasida bo‘ladi», deganlar.
Imom Nasaiy Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda esa Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Kim har bir farz namozidan keyin «Oyatul Kursiy» va «Qul huvallohu ahad»ni qiroat qilsa, uni jannatga kirishdan o‘limdan boshqa narsa to‘sa olmaydi», deganlar.
So‘ng o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah», o‘ttiz uch marta «Allohu akbar» aytilib, «Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayin qodiyr» kalimasi o‘qi¬ladi». (“Hadis va Hayot” kitobidan).3-masalaga esa:عن أنس عن النبي صلى الله عليه وسلم أنه قال : ما من عبد بسط كفيه في دبر كل صلاة ثم يقول : اللهم إلهي وإله إبراهيم وإسحاق ويعقوب وإله جبريل وميكائيل وإسرافيل أسألك أن تستجيب دعوتي فإني مضطر ، وتعصمني في ديني فإني مبتلى ، وتنالني برحمتك فإني مذنب ، وتنفي عني الفقر فإني متمسكن ، إلا كان حقاً على الله عز وجل أن لا يرد يديه خائبتين ذكره بن السني في " عمل اليوم والليلة "Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Biror bir banda har bir namoz ortidan kaftini ochib: “Allohim, ilohim Ibrohim, Ishoq, Ya’qubning Ilohi, Jabroil, Mikoil va Isrofilning Ilohi duoimni qabul qilishingni so‘rayman. Chunki men muztarman. Dinmi borasida meni omonda qilishingni so‘rayman. Chunki men imtihondaman. Rahmatinga olishingni so‘rayman, chunki men gunohkorman. Meni faqirlikdan behojat qilishingni so‘rayman, chunki men bechora-miskinman” desa, Alloh taologa uning ikki qo‘lini quruq qaytarmaslik vojib bo‘ladi” dedilar".(Amalul yavm vallayla. Ibn Sinniy).Bu hadis zaif bo‘lsada, ulamolar fazilat bobida qabul qilganlar. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 356 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar