Xoshimiyga zakot

Assalomu alaykum! "Katta Fiqh ensiklopediyasi"ga ko‘ra xoshimiyga faqatgina xoshimiy zakot berishi joiz ekan. Hozirgi kunda men turgan joyda ko‘p kishi xo‘jalar, ya’ni Mahdum A’zam rohmatullohi alayh orqali Rosululloh sollalohu alayhi vasallamga shajaralari boradi, deyiladi. Bunday holda bu shajarani qanday tekshirish mumkin, agar zakot olib qo‘yilgan yoki xo‘jaga zakot berib qo‘yilgan bo‘lsa nima qilinadi endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xoshimiyga berib bo‘lmasligini bilmay bergan bo‘lsa ado bo‘ladi. Qayta berish shart emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 171 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar