Qur’ondagi malumotlar Bibliyadan ko‘chirilganmi

Assalomu alaykum! Menga bir tanishim Qur’ondagi payg‘ambarlar xaqidagi malumotlar Bibliyadan ko‘chirilgan dedi. Shunday deyishni xukmi nima? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu Alloh taologa tuhmat. Alloh taolo “Yunus” surasida marhamat qiladi:  قُلْ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ۝ 69. Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiydiganlar zafar topmaslar», – deb ayt.
2). Kim Alloh taolo tarafidan nozil bo‘lgan Qur’on o‘zgartirilib, bandalar tarafidan qo‘shimchalar kiritilgan desa kofir bo‘ladi. “Avvalgi kitoblarda kelgan qissalar Qur’onda ham kelgan” desa bu to‘g‘ri. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 145 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar