Chaqaloqning tagligi va boshqa narsalari

Assalomu alaykum! 5 kun oldin akam farzandli bo‘ldi. Kelinoyim 40 kun chilla, shomdan keyin bolani yoniga kirish mumkinmas, chilla paytidagi kiyimlarni chilladan keyin kiysa chaqadi degan gaplari bor. 40 kun bolani pamperslari va quloq tozalaydigandarin to‘plab o‘tiribti. chilla chiqsa bir joyga ko‘mib qo‘yish kerakmish. Biz bu narsalar dinimizda yo‘q desak ishonmayabti. Balki bu ishlari gunoxdir bilmaymiz. shunga qanday qilib bu ishlardar to‘xtatsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Akangizga bu ishlar bid’at ekanligini tushuntiring. Ayolini yo‘lga solsin. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblarida shu xususda kelgan ma’lumotlarni o‘qib amal qilinglar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:40 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar