2 yil birga yashamasa nikox nima bo‘ladi

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im chet davlatida ishlaydilar 2yildan buyon. Savolim shundan iboratki bizning nikoximiz shu 2yil tanaffusdan so‘ng xali xam xaqiqiymi yoki qaytganlaridan so‘ng qaytadan nikox o‘qitishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq yoki taloqqa dalolat qiladigan gaplar bo‘lmagan bo‘lsa, tanaffusni o‘zi bilan nikoh buzilmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:40 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar