Hozirgi kun

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda qiz uzatayotganlar mebel, gilam, kir mashina, poison, pech va hokazolargacha olib berib kuyovni uyini to‘ldirib berishyapti. Ba’zi qaynona-qaynotalar shunga o‘rganib qolishgan, huddi qizni ota-onasi bunga majburday. Nega kelin tarafdan kelgan shuncha narsani uyalmay qabul qilishyapti hattoki o‘zlarining mulkiday ayamay ishlatishadi. Qizi yo‘q qaynona-qaynotalar ota-onani zimmasida deb o‘ylashadimi. Kelinni kontaktini to‘lashsa qizning qolgan kamlarini umrining oxirigacha ota-ona qilishi kerakmi. Uylanish yoshidagi yigitlar ham bu narsalardan or qilishi, xotinining hamma kam-ko‘stini er qilishi kerakligini bilishlari uchun nima qilish kerak. Hatto ba’zilar uylanganidan keyin kuyovniyam qizning ota-onasi boqadi degan fikr singib ketgan ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biroz shoshmay tursak qizlarimiz tanlab er olishadigan bo‘lishadi. O‘shnaqa xotinni ustidan yashaydiganlar xotinsiz qoladigan holatlar boshlandi. Ayollarimizga ham aql kirib unday erlardan ajrashib boqadigan erlarga tegishni boshlashdi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:50 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar