Salomga alik olish

Assalomu alaykum! Ustozlar, “Assalamu alaykum” deb salom berilganda, unga alik olish vojib bo‘lsa, u vojib “Vaalaykum assalam” deb alik olish bilan soqit bo‘ladimi? Bizda hozirgi ba’zi hoji akalar shunday salom berganda, alik olish o‘rniga “Allohumma solli ala” deyishmoqda. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Vaalaykum assalam” deb alik olish bilan vojib soqit bo‘ladi. Alik olish o‘rniga “Allohumma solli ala” deyishi zimmasidan vojibni soqit qilmaydi. Vojibni tark qilgani uchun gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:41 | Savol-javoblar | 170 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar