Unashtirilgan taloq desa

Assalomu alaykum! Men hali turmushga chiqmaganman lekin unashtirilganman. Unashtirilgan insonim bilan ikki marotaba urushib qoldik, shunda bo‘lajak turmush o‘rtog‘im seni "taloq" qildim dedi ikki marotaba. Iltimos menga taloq tushdimi endi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohgacha sizlarning muloqotingiz bir-biringizni ko‘rishingiz bilan chegaralangan hisoblanadi. Zaruratsiz gaplashishingiz harom hisoblanadi. Nikohlanmagan odam ming marta taloqsan desa ham zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 187 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar