Bu taloqning gunoxi menga urmaydimi

Assalomu alaykum! Erim menga xali maxrimni bermaganlar, biron marta nafaqa puli xam ajratmaganlar, uyimga o‘z otamni ko‘rishga borish uchun xam qo‘ymaydilar 2 oyda bir borsam xam katta gap. Shayx Muxammad Sodik Muxammad Yusufning kaysidir kitoblarida ayolga maxr berilmagan bo‘lsa ayol zarurat yuzasidan erining ruxsatisiz ko‘chaga chiqishga va to‘shakni tark etishga xaqqi bor, ayolga gunox yozilmaydi deganlarini, xamda “Baxtiyor oila” kitobida ota-onani 1 xaftada 1 marta borib ko‘rish mumkin ekanligini o‘qigan edim. Savolim shuki erim otamni ko‘rishga qo‘ymadi, men Alloh farz qilib buyurgan narsani sizni roziligizsiz xam qilishga xaqqim bor dedim. Erim shu uydan chiqsang taloqsan dedi. Men jaxl ustida chiqib ketdim, o‘rtaga taloq tushgan bo‘lsa kerak, ammo bu taloqda men gunoxkor bo‘lib qolmadimmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq tushgan. Er ham o‘rtaga taloq aralashtirmay ish tutsa bo‘lar edi, erga sizning nafaqangiz, mahringzni berishi farz va shu zimmasidagi vojiblardan yana biri ota-onangizni borib ko‘rishga sharoit yaratib berishidir. Ularni hurmat qilishi ham islomiy odoblardan. Bo‘ynidagi vazifasini bajarmay nohaqdan taloq ishlatgani uchun gunohkor bo‘ladi. Orada oldin boshqa taloq tushmagan bo‘lsa bu birinchi taloq agar “chiqsang uch taloqsan” degan bo‘lsa uch taloq tushgan. Qolgan hukmlari ham shundan kelib chiqib joriy bo‘ladi. Siz bo‘lsa “chiqsang taloq” desa chiqmasligingiz kerak edi. Bunday masalani er quloq soladigan odamlarga chiroyli tushuntirib ular nasihat qilishlarini iltimos qiling. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar