Ummat uchun

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda ko‘pchilik o‘zining dardi bilan yaashaydi. Ustoz. Ummat uchun, mo‘min-musulmonlar uchun kuyib pishib yashashning fazilatlari haqida oyat va hadislar kelganmi? Shularni o‘qib biz ham faqat o‘zimizni o‘ylamay, ummat uchun jon-kuydirib harakat qilardik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingizning zimmangizdagi vazifalarni ado qilishga harakat qiling. Shariatga amal qilib yashasangiz, ummatning g‘amiga qo‘shgan hissangiz shu bo‘ladi. Har kim o‘zini va oilasini isloh qilsa, buning ortidan jamiyat isloh bo‘ladi. Jamiyatning ortidan yurt isloh bo‘ladi. Yurtning ortidan ummat isloh bo‘ladi. Shariatga og‘ishmay amal qiling, yaxshi ilm olib, ummat uchun kerakli mutaxassis bo‘lib etishishga harakat qiling. Mana shu ummat uchun kuyib-pishib yashashingiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 162 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar