Yillik qazo namozlarni jamoat bo‘lib o‘qish

Assalomu alaykum! 1. Yillik qazo namozlarini turli yoshdagi insonlar jamoat bo‘lib ado etishlik joizmi? Masalan ota-bola, aka-uka, tengqurlar va hokazolar bilan? 2. Men otam bilan birgalikda ancha vaqtlik (aniq qanchaligi yodimda yo‘q taxminan 3 oylik) yillik qazo namozlarini jamoat bo‘lib ado etganmiz, buni hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar bir vaqtda qoldirilgan namozni ado qilishsa joiz. Masalan dushanba kuni bamdodga 5-6 kishi uxlab qolishdi. Ayni o‘sha kungi bamdodni qazosini o‘sha 5-6 kishi jamoat bo‘lib o‘qishsa bo‘ladi. Ammo imom bir oy oldingi asrni qazosini iqtido qilgan boshqa kungi asr yoki xuftonni qazosini niyat qilgan bo‘lsa, mazhabimizda bu joiz emas.2). Sizlarni holatingiz tepadagi qaysi holatga tushishini aniqlab olinglar. Agar boshqa boshqa kunlarni niyat qilgan bo‘lsangizlar imomniki qazosi ado bo‘ladi, muqtadiyniki ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 132 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar