Ishini ijaraga bersa
Assalomu alaykum! Vaziyat shunday, hukmini bilish maqsadida savol yo‘llayabmiz. Biz ovqatlarni etkazib berish bilan shug‘ullanamiz. Ishga kirish uchun "zayavka" yuboramiz, va ishga olishsa ular bizga ovqat tashish uchun sumka va akkaunt berishadi. Hozir odam to‘lgani sabab ishga olishmay qo‘yishgan. Endi o‘zim ba’zi sabablar bilan vaqtincha ishqa chiqmasam, va shu akkaunt bilan sumkani boshqaga ijaraga bersam harom emasmi? Ijaraga bera olamanmi? Ya’ni u mening nomimdan ishlab yuradi. Topgan pulining to‘liq hammasini o‘zi oladi. Ammo topsa ham topmasa ham menga oyiga falon pul bersa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asosiy ish beruvchi bunga rozi bo‘lsa bo‘ldi. Qolaversa shariatga muvofiq ish ham bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat