Otamni qalban yomon ko‘raman

Assalomu alaykum! Men otamni qalban yomon ko‘raman lekin buni o‘ziga bildirmayman, nega yomon ko‘rasz degan savol bo‘ladi, otam meni farzandlik haqlarimga rioya qilmadi ,Allohni tanitmadi , halol haromni bildirmadi, o‘qiyman desam o‘qib kim bo‘lardi yana men seni boqamanmi deydi, o‘zm yoqtrgan kasb bilan shug‘ulllanishmgaham yo‘l qo‘ymadi , hozir hunarmandman Allohga shukur ,Yoshligimdan ibodatdaman har taraflama , uyda faqat men islom qoidalariga amal qilib yashashga harakat qilaman , otam oilani boshqarishni bilmaydi Adolatsiz yomon inson , bular uchun qiyomatda otamni yoqasidan tutaman ,judayam to‘lib ketdm ohiri chidolmay otam bilan tortishib qolib gap qaytarib yubordim , ularga oldin o‘zizni biling . Mushrik bilan orangizda bir parda bor halos , siz Allohni bor deysz, u esa Allohni yo‘q deydi dedim uncha farqinglar yo‘q dedim jahl ustida va engil tortdim chunki unga kimdir shu gapni aytishi kerak edi, qilgan ishim hato lekin chiday olmadim shunga maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-ona farzandlari tomonidan aslo muhokama qilinmaydi. Siz “otamni qalban yomon ko‘raman” deb oxiratingizni kuydirib olmang. Otangiz nima qilganlarida ham siz haddingizni bilib, farzandlik burchingizni o‘z o‘rnida ado qiling. Otangiz qilganlari uchun o‘zlari javob beradilar. Ota-onalarimiz bizlarni jannatimiz darvozalaridir, ularni xursand qilib obod qilib olishimiz kerak.عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: الْوَالِدُ أَوْسَطُ أَبْوَابِ الْجَنَّةِ، فَإِنْ شِئْتَ فَأَضِعْ ذَلِكَ الْبَابَ أَوِ احْفَظْهُAbu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, volid (ota-ona) – jannat eshiklarining eng yaxshisidir», deganlarini eshitganman. Xohlasang, uni zoe qil, xohlasang, muhofaza qil», dedi».
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robb(Alloh taolo)ning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar. Allohtaolo Isro surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan. Fuqaholarimiz ota-ona xato qilsa ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Agar qabul qilsalar qanday ham yaxshi, agar xushlamasalar sukut qilish va ularning haqqiga duo-istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. Shunda Alloh taolo ikkisi tomonidan uni g‘amga solayotgan narsaga kifoya qiladi – deganlar. Ota-ona bilan baxslashsa bo‘ladimi degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham baxslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratingizni kuydirib olmang. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:10 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar