Nomaxram bilan birga turish

Assalomu alaykum! Yoshim 26da. Turmush o‘rtogim, qizim, qaynonam 2xonali uyda ijarada turamiz. Qaynnamning singillarini o‘g‘li biznikida turadi student. U mendan 2yosh kichik. O‘ziga to‘q, oiladan talabalar turar joyiga yoki kvarterada turishga qurbi etadi. Men unga qanday munosabatda bo‘lishim kerak? 2. Uni biznikida turishi to‘g‘rimi? 3. Agar unga ijaraga chiqing deb aytsam yoki xo‘jayinim aytsalar gunoh bo‘lmaydimi? Menga juda noqulay dom sharoitida.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaynonangizni jiyani sizga nomahram bo‘ladi. Alohida chiqarib yuborishni maslahatini qilinglar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:54 | Savol-javoblar | 162 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar