Ramazonning oxirgi kuni
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz tomonlarda ramazonnig oxirgi kunini "is"kuni deyiladi va bu kunda kir yuvish igna urish (tikish bichish) mumkin emas deb aytishadi. Aytilishicha bu kun o‘liklarning bayrami emish va mag‘zava chiqarsa o‘liklarning og‘ziga borarmish igna ursa ularnig badaniga suqilarmish. Men bu bo‘lmagan gap desam ota-onam yo‘q bu avvaldan bo‘lgan, hozirgi domlalar aytaveradida deyishiyapti. Shu haqida to‘liqroq ma’lumot bersanggizlar. Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Insonlar haqiqiy dindan chetlashib alifbosini ham bilmaydigan darajaga etganida qilishi kerak bo‘lgan ish qolib bema’ni narsalarga mashg‘ul bo‘lishadi. Siz aytgan gap ham ayni o‘sha ishlardan biri. Eng achinarlisi bir necha yildan buyon ro‘za tutib kelayotgan, o‘zini namozxon va dindor deb biladigan kishilar “arafa kunini ro‘zasini erta ochishi kerak” degan e’tiqodlaridir. Musulmon dinsizlikda arafa kunini boshqa kunlarning ro‘zasidan farqi yo‘qligini ajrata olmaydigan darajaga etdi. Arafa kunining og‘iz ochish vaqti shom vaqti kirganda degan narsani ham ko‘zlari ko‘rmayapti. Ilm o‘qib o‘rganib ularga aytsangiz sizga folbin bilan kinnachilarning gaplarini hujjat qilishadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:44 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar